Farğonada ikkita Damas töqnaşdi
Keça, 23 iyun kuni Farğona viloyatining Oltiariq tumanida Damas avtomobili boşqa bir Damas bilan töqnaşib, yöl transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 16:00 larda, tumanning “Belariq” MFY hududidan ötgan D-094 “Oltiariq-Vodil” avtomobil yölining 34-kilometrida, 1995 yilda tuğilgan haydovçi Damas rusumli avtomobilini Oltiariq markazi–Qiziltepa yönalişida boşqarib ketayotib, quvib ötiş qoidasiga amal qilmagan hamda qarama-qarşi yönalişga ötib, öz yönalişida harakatlanib kelayotgan haydovçi boşqaruvida bölgan Damas rusumli avtomobili bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Dastlabki malumotlarga köra, yöl-transport hodisasi oqibatida bir nafar haydovçi va bir nafar yölovçi tan jarohati olib şifoxonaga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Quva tumanida Nexia-2 va Onix iştirokida yöl transport hodisasi sodir bölgandi va unda haydovçilardan biri vafot etgandi.