USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Surxondaryoda ayol yangi tuğilgan çaqaloğini hojatxonaga taşlab yubordi

59 марта
Сурхондарёда аёл янги туғилган чақалоғини ҳожатхонага ташлаб юборди

Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanida yangi tuğilgan çaqaloğini hojatxonaga taşlab yuborgan ayol 3 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hujjatiga köra, 1993 yilda tuğilgan D.E. 2024 yilning noyabr oyida Şörçi tumanida yaşovçi A.Ö. bilan şariy nikoh asosida turmuş qurgan. Ularning 2025 yil 25 aprelda bir nafar qiz farzandi tuğilgan. D.E. öşa yil sentyabr oyida ikkinçi farzandiga homilador bölgan.

Ayol joriy yilning 8 iyun kuni ayol Şörçi tumanidagi yaşaş uyidan Qumqörğon tumanida yaşovçi ota-onasinikiga kelgan. 10 iyun kuni soat 05:00 larda u uyning orqa tomonidagi hojatxonada qiz farzandini dunyoga keltirgan va çaqaloqni hojatxona içiga taşlab yuborgan.

Sudda D.E. çaqaloq ölik tuğilgan deb öylaganini aytgan. Biroq sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida çaqaloqning ölimiga nafas yöllarining najas bilan berkilişi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bölgani körsatilgan.

Sud majlisida ayol öz aybiga iqror bölib, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan. U qaramoğida bir nafar farzandi borligi va homilador ekanini aytib, yengillik söragan. Çaqaloqning otasi ham ayolga nisbatan davosi yöqligini bildirib, suddan unga yengillik berişni söragan.

Sud D.E. ning aybiga iqrorligi, puşaymonligi, ilgari sudlanmagani, voyaga yetmagan farzandi borligi va homiladorligini jazoni yengillaştiruvçi holatlar sifatida baholagan. Jinoyatni ğaraz va past niyatlarda sodir etganini esa jazoni oğirlaştiruvçi holat deb topgan.

Sud hukmiga köra, D.E. Jinoyat kodeksining 99-moddasi (Onaning öz çaqaloğini qasddan öldirişi) bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan. Unga yaşaş joyini nazorat qiluvçi organning roziligisiz özgartirmaslik, Surxondaryo viloyatidan çiqmaslik, şuningdek, kafe, bar, restoran va ommaviy tadbirlarga bormaslik kabi çeklovlar belgilangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida yiğlagani uçun otasi oğziga paypoq tiqib qöygan 5 oylik çaqaloq vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: