USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Imarat işi: Marat qölga olindi. Endi uy olganlar nima qilsin?

312 марта
Имарат иши: Марат қўлга олинди. Энди уй олганлар нима қилсин?

“Imarat Development” loyihasi bilan boğliq iş doirasida ikki kişi protsessual tartibda qölga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi malum qildi.

Malum bölişiça, “Imarat Development” quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov va J. A. Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işida gumonlanuvçi tariqasida jalb etilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangan.

Qayd etilişiça, hozirda tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği va prokuratura nazoratiga olingan. Şuningdek, tergov yakunlariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi taminlanişi bildirilgan.

“Imarat Development”ning asosçisi sifatida ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan Marat Hamdamov Instagram sahifasida ketma-ket ikkita videomurojaat elon qilib, öziga bosim va tahdidlar bölayotganini, kompaniyani undan tortib olişga urinişişayotganini bildirgan.

Hamdamov birinçi videomurojaatida sönggi bir oy davomida bir guruh şaxslar kompaniyani undan tortib oliş maqsadida bosim ötkazayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, u kompaniyani heç kimga bermasligini, tasisçilar safidan çiqmasligini hamda mijozlar oldidagi barça majburiyatlarini bajarib, uylarni oxirigaça qurib, egalariga topşirişini bildirganidan keyin bosimlar yanada kuçaygan.

Tadbirkor öziga va oilasiga nisbatan tahdidlar bölganini, hatto ölim bilan qörqitilganini davo qilgan. Şuningdek, undan xorijga çiqib ketiş va ijtimoiy tarmoqlardan yöqoliş talab qilingani, ofisiga kirişiga tösqinlik qilinganini bildirgan.

Hamdamovning aytişiça, unga malum bölgan malumotlarga köra, ayrim şaxslar kompaniyani uçinçi tomonga sotiş, mijozlarga tegişli bölgan va qurib bitkazilgan uy-joylarni bankka garovga qöyib, kredit olişni rejalaştirgan. U bunday harakatlarga qarşi çiqqanini va mijozlarning manfaatlarini himoya qilişga qaror qilganini takidlagan.

U öziga nisbatan bosim, tahdid va kompaniyani egallab olişga qaratilgan harakatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga rasmiy murojaatlar kiritganini ham malum qilgan.

Ikkinçi videomurojaatida esa Marat Hamdamov kompaniya nomi nima sababdan “Imarat Development”dan “Imtiyaz”ga özgartirilgani va kompaniya içidagi nizo nimadan boşlanganiga izoh bergan.

Uning aytişiça, joriy yilning sentyabr oyida xorijda bölgan vaqtida kompaniyaning boş moliyaçisi Jasur Azizov unga qönğiroq qilgan. Hamdamov Azizov kompaniya tasisçisi emasligi, biroq barça moliyaviy jarayonlarni boşqarib kelganini aytgan.

Hamdamovning davo qilişiça, telefon suhbatida Azizov öz harakatlari natijasida kompaniyaga yetkazilgan, uning hisob-kitoblariga köra, bir neça million dollarlik zararni bank krediti oliş orqali qoplamoqçi ekanini bildirgan. Tadbirkor bunga qatiyan qarşi çiqqan. Şundan söng, uning roziligisiz kompaniya nomi “Imarat Development”dan “Imtiyaz”ga özgartirilganini aytgan.

Şuningdek, Hamdamov kompaniya ofisiga kelgan mijozlar orasida uni firibgar sifatida körsatişga qaratilgan malumotlar tarqatilayotganini bildirgan. Ikkinçi murojaatida u öz bayonotlarini tasdiqlaş uçun ayrim audio va video yozuvlarni ham namoyiş qilgan.

Umidbek Sulaymonov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: