USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaşqadaryoda 14 yoşli qiz zörlandi. 4 gumonlanuvçi qölga olindi

218 марта
Қашқадарёда 14 ёшли қиз зўрланди. 4 гумонланувчи қўлга олинди

Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 14 yoşli qiz 4 kişi tomonidan zörlandi. Bu haqda “Nemolçi” loyihasi xabar berdi. Holatni Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov tasdqilagan.

Malum bölişiça, joriy yilning 7 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida Ş.X. (23 yoş), D.X. (22), O.N. (20) va D.A. (21) 14 yoşli qizni Damas rusumli avtomaşinaga mindirib, dalaga olib borib, zörlagan.

Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi voqea joyini közdan keçirib, iş uçun ahamiyatli bölgan aşyo va dalillarni olib qöygan. Sudga oid tibbiy, biologik va psixologik ekspertizalar tayinlangan. Joriy yilning 8 iyun kuni Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi joriy yilning 29 iyun kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta malakalanib, gumon qilinuvçi Ş.X.,  D.H., O.N. hamda D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb elon qilinib, protsessual tartibda uşlangan.

Mazkur jinoyat işi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan bölib, dastlabki tergov yakuni böyiça barça aybdor şaxslarga qonuniy çora körilişi taminlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2010 yilda tuğilgan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi inspektori qamoqqa olingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: