Bir guruh yigitlar 14 yoşli qizni zörladi
15-01-2026, 20:19
1 535 марта

Farğonada bir guruh yigitlar 14 yoşli qizni zörladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatining Uçköprik tumanida bir guruh yigitlar 14 yoşli qizni zörlagani haqida xabarlar tarqaldi.Voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan zöravonlik holati yuzasidan Farğona viloyati Uçköprik tumani Içki işlar boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumon qilinuvçi şaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining ning 221-moddasi tartibida uşlanib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan öz kuzatuvini olib borgan holda takidlaşiça, mazkur jinoyat işiga tegişli holatlarni batafsil oçiqlaş bola manfaatiga zid bölib, bolaga oid malumotlar OAVda keng tarqalişi jabrlanuvçi-bolaning huquqlariga zarar yetkazadi.