USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Manzil koloniyadan qoçib, 3-sinf qizni zörlagan pedofilga hukm öqildi

800 марта

Manzil koloniyadan qoçib, 3-sinf qizni zörlagan pedofilga hukm öqildi

Joriy yil oktyabr oyida Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida joylaşgan manzil koloniyada jazosini ötayotgan 31 yoşli mahkum qoçib, 3-sinfda öqiydigan qizni zörlagani haqidagi xabar berilgandi. Bugun, 25 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Ohangaron şahar sudida mazkur iş yuzasidan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi elon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov malum qildi.

Uşbu jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi.
Elon qilingan sud hukmiga muvofiq (1994 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan) M.T. voyaga yetmagan (qiz bola, 2016 yilda tuğilgan) S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. 

Şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan M. T. öta xavfli retsidivist deb topildi.
M.T. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi. 
Birinçi instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instantsiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi malum qilindi.
Toşkent viloyati Içki işlar Boş boşqarmasi matbuot kotibi Bobur Tölaganovning malum qilişiça, ayblanuvçi – 1994 yilda Farğona viloyatida tuğilgan M.T. joriy yilning 16 oktyabr kuni qoçib ketgan va şu kuni Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan. U oldin ham, aniqroği, sudning 2018 yildagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan, biroq 2024 yilda jinoyat işlari böyiça Nişon tumani sudining ajrimi bilan mahkum manzil koloniyaga ötkazilgan.
Joriy yil oktyabrdagi holat ortidan Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentining Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bölimi safdori Ş.O. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu işning borişi jamoatçilikka malum emas.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: