Yetti yoşli qizning umriga zomin bölgan şaxsga hukm öqildi
25-12-2025, 00:00
947 марта

Yetti yoşli qizning umriga zomin bölgan şaxsga hukm öqildi
Joriy yilning 14 oktyabr kuni Yangiqörğon tumanida oğir jinoyat sodir etgan şaxsga nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.Bugun jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudida B. S.ga (1987 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan) oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi elon qilindi.
Uşbu jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi.
Elon qilingan sud hukmiga muvofiq B. S. voyaga yetmagan I. K. (qiz bola, 2018 yilda tuğilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan B. S. öta xavfli retsidivist deb topildi.
B. S. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.
Birinçi instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instantsiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi malum qilinadi.
Takidlaş kerakki, uşbu şaxs muqaddam şunga öxşaş jinoyatlar sabab ikki marta sudlangan.