Bekoboddagi korxona havoni meyordan ming barobardan ziyod ifloslantirgani malum böldi
Toşkent viloyatidagi korxonalardan biri havoga oltingugurt dioksidini belgilangan meyordan 1 533 baravar köp çiqargani aniqlandi. “M.K.” korxonasiga tabiatga yetkazilgan zarar uçun 1 milliard 630 million sömdan ortiq kompensatsiya tölovi belgilandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Ekologiya politsiyasi xodimlari Bekobod şahridagi korxonaning elektrda pölat eritiş va ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmalarini örgangan.
Laboratoriya tahlillarida elektrda pölat eritiş bölinmasidan çiqarilayotgan noorganik çang miqdori meyordan 2,4 baravar, oltingugurt dioksidi 1 533 baravar, uglerod oksidi esa 20 baravar yuqori ekani aniqlangan.
Ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmasida ham körsatkiçlar belgilangan meyorlardan oşgan. Xususan, noorganik çang 24,9 baravar, azot dioksidi 2,12 baravar, uglerod oksidi esa 23,3 baravar köp çiqarilgan.
Şuningdek, elektrda pölat eritiş tsexidagi çang-gaz tozalaş uskunalari samarali işlamagani sababli ifloslantiruvçi moddalarning bir qismi töğridan töğri atmosferaga çiqib ketgani qayd etilgan.
Örganişda korxonada ekologik ekspertiza xulosalari talablari töliq bajarilmagani, ayrim ifloslantiruvçi manbalarda avtomatlaştirilgan monitoring tizimlari örnatilmagani va laboratoriya nazorati yetarli darajada taşkil etilmagani ham aniqlangan.
Aniqlangan qonunbuzilişlar uçun korxonaga 1 milliard 630 million 920 ming 419 söm kompensatsiya tölovi hisoblangan.
Bundan taşqari, korxonaga çang-gaz tozalaş uskunalari filtrlarini töliq almaştiriş, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkaziş, laboratoriya nazoratini kuçaytiriş hamda asosiy ifloslantiruvçi manbalarga avtomatik monitoring stantsiyalarini örnatiş böyiça majburiy körsatmalar berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida faoliyat yuritayotgan 6 ta korxona oqova suvlarni yetarli darajada tozalamasdan oçiq joylarga taşlab kelgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.