USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Töy kortejida “tomoşa körsatgan” haydovçilar jazolandi

104 марта
Тўй кортежида “томоша кўрсатган” ҳайдовчилар жазоланди

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy kortejida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilardan biri 15 sutkaga mamuriy qamoqqa olindi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda töy marosimi vaqtida yöl harakati qoidalari buzilgani aks etgan videolar tarqalgan. YPX xodimlari tasvirlarni örganib, huquqbuzarliklar Qibray tumanida sodir etilganini aniqlagan.

Qöşimça suriştiruvlar davomida jami 8 nafar haydovçi aniqlangan. Ulardan 3 nafari guruh bölib harakatlangani uçun mamuriy javobgarlikka tortilgan. Qolgan 5 nafar haydovçiga esa avtomobil yölini qasddan tösiş va ilonizi şaklida harakatlanib, transport vositasidagi yölovçilar hayotini xavf ostiga qöyiş bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça bayonnoma rasmiylaştirilgan. Ularning işlari körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Qibray tuman sudiga yuborilgan.

Sud majlisida huquqbuzarlarning tuşuntirişlari tinglanib, sodir etilgan qoidabuzarliklar oqibatlari muhokama qilingan. Yakunda 4 nafar haydovçi 1 yil muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilib, qöşimça ravişda 25 BHM miqdorida jarimaga tortilgan.

Şuningdek, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan bir nafar şaxsga 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Olmazor tumanida kelinni kuzatiş marosimida avtomobil yölining qatnov qismini tösib, jamoat tartibini buzgan 8 nafar fuqaro 7 sutka mamuriy qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: