USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çirçiqda “avtoterrorçi” 15 sutkaga qamaldi

117 марта
Чирчиқда “автотеррорчи” 15 суткага қамалди

Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida yöl bezoriligi qilib, boşqa haydovçini haqorat qilgan fuqaro 15 sutka mamuriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Çirçiq şahrida haydovçining boşqa fuqaroni yölda siqib, avtomobilini töxtatgani va uni haqorat qilgani aks etgan videolar tarqalgan. Holat yuzasidan içki işlar xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv işlari olib borilib, haydovçi va transport vositasi aniqlangan.

Suriştiruvlar davomida haydovçi bundan avval ham 13 marotaba turli körinişdagi mamuriy huquqbuzarliklarni sodir etgani, haydovçilik guvohnomasiz avtomobil boşqargani hamda içki işlar organlari xodimlariga böysunmaslik holatlari mavjudligi aniqlangan.

Haydovçi holat yuzasidan bergan izohida svetoforda boşqa haydovçi bilan “siqişib qolganini”, keyinçalik uning avtomobilini siqib, töxtatganini aytgan. Maşina eşigi oçilmagaç, boşqa haydovçining onasini haqorat qilganini tan olgan.

U birovning onasini haqorat qilişga heç kim unga huquq bermaganini aytib, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-10-moddasi (Yöl bezoriligi) hamda haqorat qilganligi sababli 41-moddasi (Haqorat qiliş) ga asosan mamuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborilgan.

Şundan söng, Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida joylaşgan jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudida uşbu iş körib çiqilgan. Sud jarayonida haydovçi va jabrlanuvçining fikrlari tinglanib, zarur protsessual harakatlar amalga oşirilgan hamda videotasvirlar tomoşa qilingan.

Sud haydovçini Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qiliş), 135-moddasi (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) ikkinçi qismi, 183-moddasi (Mayda bezorilik) hamda 128-10-moddasi (Yöl bezoriligi) ikkinçi qismida nazarda tutilgan mamuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topgan.

Kodeksning 34-moddasi (Bir neça huquqbuzarlikni sodir etganlik uçun mamuriy jazo qöllaniş) tartibida unga uzil-kesil 15 sutka muddatga mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda taksi haydovçisi va yölovçi örtasidagi mojaro ortidan haydovçiga kuç işlatgan bloger qamoqqa olingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: