“Isqirtlar”. YPX xodimini haqorat qilgan ayol qamaldi
25-07-2025, 14:03
975 марта

“Isqirtlar”. YPX xodimini haqorat qilgan ayol qamaldi
Surxondaryo viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni haqorat qilib, ularni tasvirga olgan fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, ayol avtomaşinasi yon oynalariga ruxsatnomasiz “tonirovka” örnatgani uçun YPX xodimlari tomonidan töxtatilgan va çora körilgan. Bundan xulosa çiqarmagan haydovçi yana şunday turdagi qoidabuzarlikni sodir etib, IIO xodimining qonuniy talabini bajarmasdan voqea joyidan ketib qolgan.
Haydovçi ikki marotaba huquqbuzarlik sodir etib, söngra unga mamuriy bayonnoma rasmiylaştirgan xodimning şaxsiy telefoniga qönğiroq qilib, uni haqorat qilgan. Şuningdek, haydovçi ayol IIBga çaqirtirilganda ham xodimlarni haqorat qilib, şovqin solib, javobgarlikdan qutulib qolmoqçi bölgan.
Denov tumani Içki işlar boşqarmasi tomonidan huquqbuzarlikka oid mamuriy iş hujjatlari sudga taqdim etilgan. Sudning 14 iyuldagi qaroriga köra, ayol Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ikkinçi qismi bilan aybli deb topilib, 4 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Yuqoridagi holatdan taşqari huquqbuzar ayol muqaddam bir neça marotaba uşbu huquqbuzarlikni sodir etgani, qilmişidan öziga tegişli xulosa çiqarmagani va bunday harakatini davom etib kelayotganiga oid yana bir iş hujjatlari töplanib, jinoyat işlari böyiça Uzun tumani sudiga taqdim etilgan. Unga BHMning 20 baravari (6 mln 800 ming söm) miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Huquqbuzarligi uçun mamuriy jazo qöllanilganidan söng 1 yil içida takroran huquqbuzarlik sodir etgani tufayli Denov tumani IIB tergov bölimi tomonidan haydovçi ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.