Qarşidagi restoranga öt ketdi
Bugun, 10 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 01:48 da Qutqaruv xizmatiga Qarşi şahri,“Qarliqboğot” MFY, Nasaf köçasi, 252-uyda joylaşgan oilaviy restoranda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.
Xabar asosida voqea joyiga 4 ta qutqaruv bölinmasi hamda 1 ta suv taşuvçi maxsus avtomobil jalb etilgan. Qutqaruv bölinmalari soat 01:55 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 02:25 da töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida binoning 150 kvadrat metr maydonida içki va tom qismi zararlangan. Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida binoga yondoş joylaşgan 900 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Bildirilişiça, hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi kafeda yonğin sodir bölgan edi.