Qaşqadaryoda biryöla 2 ta oşxonaga öt ketdi
Bugun, 1 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani Amir Temur köçasida joylaşgan ikki yonma-yon qurilgan umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa tonggi soat 03:17 da Yakkaboğ tumani Amir Temur köçasida sodir bölgan.
Yonğin joyiga Yakkaboğ tumani FVB 22-sonli qutqaruv qismidan 2 ta bölinma soat 03:25 da yetib borib, yonğin soat 04:25 larda töliq bartaraf etilgan.
Oqibatda birinçi ovqatlaniş şoxobçasining 40 kvadrat metr, ikkinçisining esa 38 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan.
Bildirilişiça, yonğinning sababi aniqlanmoqda. Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida 600 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Eslatib ötamiz, keça, 30 sentyabr kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi xonadonda yonğin sodir bölgandi.