Şayxontohur tumanidagi xonadonga öt ketdi
Bugun, 30 sentyabr kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi xonadonda yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 08:47 da Toşkent şahar Şayxontohur tumani, Jarariq köçasida joylaşgan şaxsiy xonadon yonayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yonğin soat 09:39 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida neft saqlaş omboridagi siğimlardan birida yonğin sodir bölgandi.