Toşkentdagi xonadonda yonğin çiqdi
Bugun, 20 avgust kuni Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi Oqsaroy köçasida joylaşgan xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, yonğin haqida soat 14:59 da xabar kelib tuşgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yonğinni soat 15:14 da qurşab olgan va 15:28 da töliq bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori haqida hozirça malumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasida Lacetti va Foton rusumli avtomobillar yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.