Urganç şahar prokuraturasi tergovçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
25-06-2025, 11:01
1 435 марта
Urganç şahar prokuraturasi tergovçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatildiUrganç şahar prokuraturasi katta tergovçisi mansab mavqeidan foydalanib, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boşqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qözğatilib, özining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat işini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib beriş evaziga 3000 AQŞ dollari talab qiladi.
Natijada, katta tergovçi 2025-yilning 16-28-may oraliğida 1000 AQŞ dollari, 10 mln. söm, qiymati 1000 AQŞ dollariga teng bölgan 1 dona seyf va 1 mln. 300 ming sömlik 1 dona iş stoli jamlanmasini firibgarlik yöli bilan qölga kiritadi.
Ammo, fuqaro öziga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qözğatilgan jinoyati işi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgaç, tergovçidan muqaddam berilgan pul mablağlari va aşyolarni qaytarib berişini talab qiladi.
Şundan söng, tergovçi 1000 AQŞ dollari, qiymati 1000 AQŞ dollariga teng bölgan 1 dona seyf va 1 mln. 300 ming sömlik 1 dona iş stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda tergovçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.