USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Kokoş”, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova qamaldi

643 марта
“Кокош”, Барчин Ғофурова ва Ниҳола Ражабова қамалди

Keça, 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova, boşlovçi Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet” nomi bilan tanilgan yana bir bloger Nihola Rajabova ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilişiça, Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining joriy yil 16 iyundagi hukmiga muvofiq: 

  • Komila Abduqodirova (1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 229-moddasi (özboşimçalik) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi;
  • Barçin Ğofurova (1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi va 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi;
  • Nihola Rajabova (1987 yilda Qirğiz Respublikasida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

QALAMPIR.UZ Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining joriy yil 16 iyundagi hukmi bilan tanişdi.

Unga köra, sudlanuvçilar haqorat qiliş, yani fuqaroning şaxsini qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaş, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmoğiga joylaştiriş jinoyatini sodir etgan. Xususan, Komila Abduqodirova 2025 yilning 3 mart kuni Çilonzor tumanidagi “Med Consultant” nomli xususiy klinikada liposaksiya hamda abdominoplastika plastik jarrohlik amaliyotini ötkazgan. Uşbu amaliyot töğri ötkazilgan, lekin Komila Abduqodirovada nekroz jarayoni kuzatilgan va bemor bunda klinika rahbarini ayblagan. Biroq hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi jarrohlik amaliyotidan keyin şifokorlar körsatmalariga amal qilmagan. Xususan, u nikotin istemol qilgan, yotoq rejimini va reabilitatsiyani buzgan, amaliyotdan keyingi aseptika va antiseptikaga rioya qilmagan, jismoiy zöriqişni kamaytirmagan hamda qorin sohasida amaliyotdan oldin şikoforlar ruxsatisiz qorin sohasida “Mezodissolyutsiya” (teri ostiga yoğlarni erituvçi preparatlarni yuboriş) amaliyotini ötkazgan.

Şunga qaramay, sudlanuvçilar özlarining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifalarida klinika şifokorlarini ayblab, turli haqoratli videolar joylagan. Bundan taşqari, ular klinika rahbari U.A. ni oğir va ilojsiz ahvolga solib qöygan. Xususan, undan moddiy manfaat qölga kiritiş maqsadida özlarining ijtimoiy tarmoqlariga joylangan tuhmatli videotasvirlarni öçiriş, “Med Consultant” klinikasi hamda rahbari U.A. ning obrösini tiklab berişni vada qilgan. Evaziga esa klinika rahbaridan Komila Abduqodirovani qöşimça davolaş uçun Turkiyadagi xususiy klinikaga 35 ming dollar ötkazib berişini talab qilgan.

Sud majlisida sudlanuvçilar – Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova ayblariga iqror bölmagan. 

Jabrlanuvçi U.A. esa dastlabki tergovdagi körsatmalarini tasdiqlab, sudlanuvçilarga nisbatan davosi borligini bildirgan va ularga nisbatan qonuniy jazo tayinlaşni söragan. 16 iyun kuni bölib ötgan sudda sudlanuvçilarga yuqorida keltirilgan jazolar tayinlangan N.R. va jabrlanuvçi U.A. ning şikoyatlari  asosida uşbu jinoyat işi Toşkent şahar sudining apellyatsiya instantsiyasida qayta körilib, birinçi instantsiya sudining hukmi bekor qilingan.

Xususan, apellyatsiya sudining keça, 13 noyabrdagi hukmiga köra, Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Komila Abduqodirova ga 3 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 4 yil va Nihola Rajabovaga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Qayd etilişiça, jabrlanuvçi va boşqa manfaatdor şaxslarga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy hamda manaviy zararni undiriş masalasi yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sudiga murojaat qiliş huquqlari borligi tuşuntirilgan. Apellyatsiya instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining taftiş instantsiyasiga şikoyat berişi va protest keltirişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq behayo çiqişlari ortidan jamoatçilik etirozlariga sabab bölgan aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamalgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: