USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qişda gaz birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlariga beriladi

140 марта
Қишда газ биринчи навбатда аҳоли ва ижтимоий соҳа объектларига берилади

Özbekistonda qiş mavsumida gaz taqsimlaşda birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlari taminotiga etibor qaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2026–2027 yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obektlari va strategik ahamiyatga ega istemolçilarni tabiiy gaz bilan barqaror taminlaş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.  

Joriy yil 1 oktyabrdan 2027 yil 31 martgaça amal qiladigan mazkur qarorga muvofiq, mavjud tabiiy gaz resurslarini oqilona taqsimlaş, birinçi navbatda, aholi xonadonlari, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy soha obektlarini barqaror gaz bilan taminlaş ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada Energetika vazirligi, tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda gaz taminoti taşkilotlarining aniq vazifalari belgilab berilgan.

Xususan, Energetika vazirligi “Öztransgaz” AJ, “Hududgaztaminot” AJ va boşqa masul taşkilotlar bilan birgalikda mavjud gaz resurslari hamda ob-havo şaroitidan kelib çiqib, tabiiy gaz yetkazib berişning ön kunlik va kunlik jadvallarini işlab çiqadi. Uşbu jadvallar har oyning 25-sanasiga qadar kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça respublika komissiyasiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.

Şuningdek, magistral gaz quvurlarida bosim pasayişi yoki gaz resurslari hajmida kutilmagan özgarişlar yuz bergan taqdirda, gaz taqsimotini tezkor qayta körib çiqiş çoralari köriladi. Bunda aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan taminlaş ustuvorligi saqlab qolinadi.

Kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça Respublika komissiyasi har oyning oxirgi kuniga qadar keyingi oy uçun hududlar va yirik ulgurji istemolçilar kesimida tabiiy gaz yetkazib beriş jadvallarini tasdiqlaydi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari “Hududgaztaminot” AJning hududiy filiallari bilan birgalikda tasdiqlangan jadvallar asosida tuman va şaharlar kesimida gaz taqsimotini taşkil etadi. Bunda ham aholi va ijtimoiy soha obektlari taminotiga birinçi navbatda etibor qaratiladi.

Havo harorati keskin pasaygan davrda aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan barqaror taminlaş maqsadida boşqa toifadagi istemolçilarga belgilangan tartibda vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ob-havo keskin sovişi kutilayotgani sababli, agar zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: