Toşkentda gaz taminotida keng miqyocli uziliş sodir böldi
Bugun, 14 noyabr kuni Toşkent şahrida gaz taminotida keng miqyosli uzilişlar kuzatilmoqda. Yaqin 2-3 soat içida vaziyat iziga tuşişi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahrida tabiiy gaz bosimining pasayişi bilan boğliq holatni bartaraf etiş maqsadida zarur tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilgan.
Ayni paytda Toşkent şahriga tabiiy gaz yetkazib beruvçi quvurlarning kiriş nuqtalarida gaz bosimi oşirilgan.
Yaqin 2-3 soat içida gaz taqsimlaş tarmoqlarida bosim bosqiçma-bosqiç kötarilib, istemolçilarning tabiiy gaz taminoti meyorga kelişi taminlanadi.
Şu munosabat bilan aholimizdan gaz jihozlaridan foydalanişda ehtiyotkor bölişni, ularning sozligini tekşirişni hamda xavfsizlik qoidalariga qatiy rioya etişlarini söraladi.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun istemolçilarimizdan uzr söraymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda qiş mavsumida gaz taqsimlaşda birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlari taminotiga etibor qaratilişi haqida xabar berilgan edi.