Farğona vodiysiga elektr uzatuvçi tarmoqda avariya sodir böldi
Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasidan Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib beruvçi 500 kV kuçlanişli “L-503” elektr uzatiş tarmoğida avariyaviy uziliş sodir böldi. Tarmoqning Tojikiston hududidan ötuvçi qismida noqulay ob-havo sababli tayançlardan biri qulagan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlik malumotiga köra, hodisa bugun, 19 noyabr kuni soat 06:19 da qayd etilgan. Dastlabki malumotlarda aytilişiça, murakkab relefli adirlik hududda joylaşgan elektr uzatiş tarmoği tayançlaridan biri noqulay ob-havo tasirida qulagan.
Şundan söng, avtomatik himoya tizimi işga tuşgan va uşbu tarmoq orqali elektr energiyasi uzatilişi vaqtinça töxtatilgan. Oqibatda ayrim istemolçilar elektr taminotida uzilişlarga duç kelgan.
Hozirda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati boşçiligidagi mutaxassislar va avariya-tiklaş brigadalari hodisa joyiga safarbar qilingan.
Tojikistonning tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda avariya oqibatlarini bartaraf etiş hamda elektr uzatiş tarmoği faoliyatini tiklaş işlari olib borilmoqda. Tamirlaş-tiklaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taminotiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etiladi.
Malum qilinişiça, Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi boşqa tarmoqlar orqali ham yetkazib beriladi. Xususan, Farğona viloyatiga Toşkent viloyatidagi “Yangi Angren” issiqlik elektr stantsiyasidan çiquvçi 500 kV kuçlanişli “L-524” elektr uzatiş tarmoği orqali ham elektr energiyasi uzatiladi.
“Vaziyat Energetika vazirligining doimiy nazoratida. Elektr taminotidagi uzilişlarni imkon qadar qisqa muddatlarda bartaraf etiş va istemolçilarni barqaror elektr energiyasi bilan taminlaş uçun barça zarur çoralar körilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tiklaş işlarining borişi va elektr taminotidagi özgarişlar haqida qöşimça axborot berib boriladi. Vazirlik yuzaga kelgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr söragan.