Talabalar Gemini AI Plus’dan bir yil bepul foydalanişi mumkin
Talabalar Google’ning Gemini AI Plus suniy intellekt xizmatidan 12 oy davomida bepul foydalaniş imkoniyatiga ega böldi. Buning uçun HEMIS ilovasidan talabalik guvohnomasi va öqiş joyidan malumotnomani yuklab olib, Gemini orqali maxsus taklifga ariza yuboriş kerak. Bu haqda Talim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, bepul obunani faollaştiriş uçun dastlab HEMIS mobil ilovasiga kirib, “Hujjatlar” bölimi orqali talaba ID guvohnomasi va öqiş joyidan malumotnomani yuklab oliş lozim. Keyin Gemini ilovasida profil menyusi oçilib, Google AI Plus bölimiga ötiladi. U yerda talabalar uçun maxsus taklif tanlanib, “Kiriş huquqini oliş” va “Davom etiş” tugmalari bosiladi. Şundan söng mamlakat va talim muassasasi körsatilib, ism-familiya, tuğilgan sana hamda elektron poçta manzili kiritiladi.
Keyingi bosqiçda HEMIS orqali olingan talabalik guvohnomasi va öqiş joyidan malumotnoma tizimga yuklanib, ariza yuboriladi. Ariza tasdiqlanganidan söng tölov kartasi malumotlarini kiritiş orqali obunani faollaştiriş mumkin.
Google AI Plus obunasi bir qator suniy intellekt vositalari va qöşimça xizmatlardan foydalaniş imkonini beradi. Jumladan, Gemini ilovasidagi foydalaniş limitlari ikki baravar oşiriladi hamda ilğor Flaş Thinking modeliga kiriş oçiladi.
Şuningdek, Google Photos, Google Drive va Gmail xizmatlari uçun 400 GB bulutli xotira taqdim etiladi. Obunaga kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratişga möljallangan Google Flow vositasi, Gmail içida Gemini’dan foydalaniş, Notebook’ning tadqiqotga yordam beruvçi funktsiyalari hamda suniy intellekt asosida işlaydigan musiqa studiyasidan qöşimça foydalaniş imkoniyatlari ham kiradi.