Toşkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar yuzasidan tuşuntiriş berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi avtobuslar oynalarining qoraytirilişi yölovçilarga taşqarini körişda noqulaylik tuğdirayotgani, ayrim avtobuslarda esa bekatlar nomini körsatuvçi elektron tablolar işlamayotgani tanqid qilindi. “Toşşahartransxizmat” AJ uşbu murojaatlarga munosabat bildirib, oynalar nima maqsadda qoraytirilgani va elektron tablolarning holati böyiça izoh berdi.
Kompaniya malumotiga köra, avtobus oynalari yozda yölovçilarni quyoş nurlarining bevosita tasiridan himoya qiliş, salonning ortiqça qizib ketişining oldini oliş hamda konditsioner samaradorligini oşiriş maqsadida maxsus qoraytirilgan. Bu orqali salondagi mötadil haroratni saqlaş va konditsioner hosil qilgan salqinlikni uzoqroq taminlaş közlangan.
Şu bilan birga, kompaniya keçki payt va bulutli ob-havo şaroitida qoraytirilgan oynalar yölovçilarga taşqarini kuzatişda muayyan noqulayliklar tuğdirişi mumkinligini ham tan olgan.
Bundan taşqari, avtobus salonlarida örnatilgan bekatlar nomini körsatuvçi elektron axborot tablolari muntazam nazorat qilib borilişi malum qilingan. Qurilmalarda aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etiş va ularning uzluksiz işlaşini taminlaş böyiça çoralar körilmoqda.
“Toşşahartransxizmat” jamoatçilik tomonidan bildirilayotgan taklif va etirozlar transport xizmatlari sifatini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega ekanini takidlagan. Kompaniya ular inobatga olinişini bildirgan.