Centrum Air kompaniyasi Istanbul–Toşkent reysi keçikkani sababini malum qildi
17 sentyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasining C6 302 Istanbul–Toşkent reysi 3 soatdan ortiq keçikdi. Aviakompaniya mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Kompaniya malumotiga köra, samolyotni parvozga tayyorlaş jarayonida qöşimça texnik tekşiruv zarurati aniqlangan. Şu munosabat bilan barça tekşiruvlar yakunlanguniga qadar reysni keçiktirişga qaror qilingan.
Takidlanişiça, reys vaqti özgargani haqida yölovçilarga SMS va elektron poçta orqali xabar berilgan, şuningdek, aviakompaniyaning rasmiy kanallarida ham elon qilingan.
Kompaniya 2026 yil avgust–sentyabr oylarida reyslarning 80 foizi jadvalga muvofiq amalga oşirilganini malum qildi. Ayrim keçikişlar, jumladan, C6 302 reysidagi holat ham parvoz xavfsizligi va texnik xizmat körsatiş talablari bilan boğliq ekani aytilmoqda.
Aviakompaniya yölovçilarga yetkazilgan noqulaylik uçun uzr sörab, kompensatsiya çoralari, şartlari va tartibi rasmiy veb-saytda joylaştirilganini bildirdi.
Centrum Air matbuot xizmati