USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

15 yoşli özbekistonlik qiz Afrikaning eng baland çöqqisini zabt etdi

54 марта
15 ёшли ўзбекистонлик қиз Африканинг энг баланд чўққисини забт этди

15 yoşli özbekistonlik Asal Maksumova Afrikaning eng baland nuqtasi – 5 895 metrlik Kilimanjaro çöqqisiga çiqib, Özbekistondan bu marraga yetgan eng yoş inson böldi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida malum qildi.

Qayd etilişiça, Asal Maksumova Kilimanjaroga çiqişni Özbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bağişlagan. Ekspeditsiya Project Independence loyihasi doirasida taşkil etilgan.
Ekspeditsiya iştirokçilari toğning maşhur Marangu yönalişini tanlagan. Olti kun davom etgan safar davomida ular qariyb 72 kilometr masofani bosib ötgan. Yöl nam tropik örmonlardan tortib, baland toğ çöllari va qorli yonbağirlargaça bölgan turli tabiiy hududlardan ötgan.

Çöqqiga çiqişning eng qiyin qismi yakuniy bosqiçi bölib, unda iştirokçilar qariyb 14 soat yöl yurgan. Bu vaqtda balandlikda harorat minus 10 darajagaça pasaygan, qor yoğib, kuçli şamol esgan.

Asal ekspeditsiya davomida 3 720 metr balandlikda joylaşgan Xorombo lagerida jamoasi bilan özbek palovini tayyorlagan. Şuningdek, u toğda uçta milliy raqsni ijro etgan.

Asal Maksumova 7 noyabr kuni Instagram sahifasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga videomurojaat yöllagan. Unda Kilimanjaro çöqqisiga kötarilişini mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlaganini va bu orqali çöqqiga çiqqan eng yoş özbekistonlik bölganini bildirgan.

“Umid qilamanki, öz yuksalişim orqali köplab yoşlarni yangi taşabbuslarga ilhomlantira olaman”, degan Asal Maksumova

Malumot uçun, Kilimanjaro Afrika qitasining eng baland toğ massivi bölib, uning Uxuru çöqqisi dengiz sathidan 5 895 metr balandlikda joylaşgan. Toğ 1987 yildan buyon YuNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: