Qarşidagi uyda gaz portladi
Bugun, 22 noyabrga ötar keçasi Qarşi şahridagi xonadonlardan birida gaz portladi. Oqibatda ikki kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 00:28 da Qarşi şahri Batoş mahallasi hududida joylaşgan köp qavatli turar joy binosining 2-qavatidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgan.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro kuyiş tan jarohati bilan şifoxonaga murojaat qilgan.
Şuningdek, çaqnaş tufayli yonğin yuzaga kelgan va qutqaruvçilar tomonidan qisqa vaqtda öçirilgan.
Ayni paytda masul idoralar tomonidan hodisaning kelib çiqiş sabablari va holatlarini aniqlaş yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.