6,3 kg narkotikni afğon çoponlari orasiga yaşirgan şaxs uşlandi
Termiz xalqaro savdo markazida Afğoniston fuqarosi 6 kilogramm 352 gramm giyohvandlik moddasini 15 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi
Malum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Termiz xalqaro savdo markazida Içki işlar bölimi tezkor-qidiruv xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Dastlabki suriştiruvlarda Afğoniston fuqarosi giyohvandlik moddasining namunasini şartli xaridorga taqdim etib, keyinçalik yirik miqdordagi narkotik vositalarni yaşirin yöllar orqali yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgani aniqlangan.
U 6 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini Afğonistondan yuk avtomaşinasida, afğon çoponlari orasiga yaşirgan holda Termiz xalqaro savdo markaziga olib kirişni rejalaştirgan.
Joriy yilning 17 noyabr kuni davom ettirilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi 6 kilogramm 352 gramm giyohvandlik moddasini 15 ming dollarga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, qonunçilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 12 kilogrammga yaqin “gaşiş” giyohvandlik moddasi musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.