Surxondaryoda narkotikni içki azolariga yaşirib çegaradan olib ötganlar uşlandi
Surxondaryo viloyatida 1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarini içki azolariga yaşirgan fuqarolar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Surxondaryoda ötkazilgan tezkor tadbirda 1955 va 2001 yillarda tuğilgan 2 nafar Afğoniston fuqarosi Termiz xalqaro savdo markazida 1 kilogramm 76 gramm “opiy” moddasini şartli xaridorga 5 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida qölga olingan.
Aniqlanişiça, ular giyohvandlik vositalarini yaşirin tarzda olib kelişda öz içki azolaridan “jonli konteyner” sifatida foydalangan.
Hozirda holat böyiça qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondan Özbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari töxtatib qolingandi.