USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Iordaniya örtasida 19 ta hujjat imzolandi

23 марта
Ўзбекистон ва Иордания ўртасида 19 та ҳужжат имзоланди

Bugun, 24 noyabr kuni Ammon şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn Al-Husayn huzurida özaro hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Özbekiston va Iordaniya örtasida ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qilingan hamda Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi bitim imzolangan. Uşbu davlatlararo hujjatlar mamlakatlar örtasidagi aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.

Şuningdek, imtiyozli savdo, jinoiy işlar böyiça özaro huquqiy yordam, madaniyat va madaniy ijodkorlik sanoati, milliy kutubxonalar, hujjatlar va arxivlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetika va suv resurslarini boşqariş sohalarida bitimlar va anglaşuv memorandumlari imzolangan.

Bundan taşqari, iqtisodiy diplomatiya, toğ-kon sanoati va geologiya, uy-joy qurilişi va şaharsozlikni rivojlantiriş, raqamlaştiriş va axborot texnologiyalari, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini nazorat qiliş, soğliqni saqlaş xizmatlari hamda çorvaçilik yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişilgan.

Mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş maqsadida Toşkent va Ammon şaharlari, şuningdek, Samarqand şahri va Petra turizm mintaqasi örtasida hamkorlik töğrisidagi bitimlar almaşilgan.

Davlat taşrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilingan va imzolangan. Qayd etilişiça, uşbu muhim kelişuvlar Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda özaro manfaatli qöşma loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: