Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Taşqi işlar vazirini qabul qildi
Bugun, 6 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Boş vaziri örinbosari, Taşqi işlar va muhojirlar masalalari böyiça vaziri Ayman Husayn Safadiy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning samimiy salomi va tilaklarini yetkazgan.

Uçraşuvda Özbekiston bilan Iordaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Ötgan yili Samarqandda oliy darajada ötgan sermahsul muzokaralar ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Erişilgan kelişuvlar doirasida joriy yilda parlamentlararo döstlik guruhlari tuzilgan, Hukumatlararo qöşma komissiyaning ilk yiğilişi ötkazilib, Işbilarmonlar kengaşi tasis qilindi, şuningdek, havo qatnovlari yölga qöyilgan.
Kelgusida siyosiy muloqotlarni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda qöşma loyiha va dasturlarni ilgari surişga alohida etibor qaratilgan.
Şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşilgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning avgustida Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Özbekistonga kelgandi. Muzokaralar yakunida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qildi. Taşrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Şuningdek, Iordaniya podşohining davlat taşrifi doirasida u Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirladi. Özbekiston-Iordaniya sammiti yakunida birgalikda daraxt ekiş marosimi bölib ötdi.