Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston – Iordaniya” körgazmasiga bordi
Bugun, 24 noyabr kuni Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ammon şahrida taşkil etilgan “Özbekiston – Iordaniya” körgazmasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbariga Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamrohlik qilgan.

Körgazmada ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik salohiyati, toğ-kon sanoati hamda geologiya, kimyo, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat, transport va logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika hamda mudofaa sanoati kabi ustuvor yönalişlarga bağişlangan bölimlar taşkil etilgan.

Yetakçilarda barça tarmoqlar böyiça Özbekiston va Iordaniyadagi istiqbolli investitsiya loyihalari ham taqdimot qilingan. Bu ikki mamlakat investorlariga sarmoya kiritiş mumkin bölgan manfaatli loyihalar bilan bevosita tanişiş imkonini bergan.

Bildirilişiça, stendlarda mineral xomaşyo va bazalt mahsulotlari, öğitlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kalava ip, mato va tayyor kiyimlar hamda dori vositalari namunalari namoyiş qilinmoqda.

Ikki mamlakat yirik kompaniyalari vakillari qöşma loyihalarning amalga oşirilişi yuzasidan axborot bergan.
Körgazma Özbekiston va Iordaniyaning yetakçi korxonalari örtasida kooperatsiyani mustahkamlaş, ilğor tajriba va zamonaviy texnologiyalar almaşinuvini kengaytirişga xizmat qilişi qayd etilgan.