Markaziy Osiyoda OIV yuqtiriş va OITSdan ölim körsatkiçi ortyapti – BMT
Markaziy Osiyoda orttirilgan immunitet tanqisligi virusini (OIV) yuqtiriş va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromidan (OITS) ölim körsatkiçi ortib bormoqda. Bu haqda BMTning OIV/OITS böyiça qöşma dasturi 1 dekabr kuni nişonlanadigan Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni arafasida taqdim etgan yangi maruzada keltirilgan.
Malumotlarga köra, 2010 yilga nisbatan dunyoda OIV yuqtirişning yangi holatlari soni 42 foizga, OITS bilan boğliq ölim holatlari esa 57 foizga kamaygan. Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda esa xuddi şu davr mobaynida har ikki körsatkiç mos ravişda 17 va 11 foizga oşgan.
2025 yilda mintaqada 120 ming kişida OIV aniqlangan, yana 43 ming kişi OITS bilan boğliq kasalliklardan vafot etgan. Mintaqada jami 2 millionga yaqin odam OIV bilan yaşamoqda. Dunyodagi yangi yuqtiriş holatlarining 10 foizi Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hissasiga töğri keladi.
Mintaqada OIV bilan yaşayotgan barça insonlarning 83 foizi öz statusi haqida biladi, biroq ularning faqat 56 foizi antiretrovirus terapiya olmoqda.
Uşbu körsatkiç faqat Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mintaqasida bundan pastroq. Mintaqada OIV bilan yaşayotganlarning atigi 48 foizida virus yuklamasi susaytirilgan darajaga erişilgan – bu dunyodagi eng past körsatkiçdir. Virus yuklamasi susaytirilgan inson OIVni jinsiy yöl bilan yuqtira olmaydi.
Mintaqada taxminan 560 ming kişi özining OIV-musbat statusi haqida biladi, lekin terapiya olmaydi. Bu OIV taşxisi qöyilganlarning taxminan har uçinçisi demakdir. Keç taşxis qöyiş muammosi ham dolzarbligiça qolmoqda.
Mintaqadagi epidemiyaga tasir körsatayotgan asosiy omillar qatorida OIV bilan yaşayotgan insonlar va asosiy guruhlarga nisbatan stigma hamda kamsitiş, şuningdek, jazolovçi qonunçilik mavjud. 15 ta davlatda OIV-statusni oşkor qilmaslik yoki “OIV yuqtiriş xavfi ostida qoldiriş yoki uni yuqtiriş” uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mintaqaning barça 16 mamlakatida jinsiy xizmatlarning u yoki bu jihatlari taqiqlangan. Kamida yettita davlatda şaxsiy istemol uçun oz miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlaş jinoyat hisoblanadi.
Maruzaga köra, mintaqa mamlakatlaridagi vaziyat bir-biridan farq qiladi. 2010 yildan beri Ozarbayjon, Gruziya va Tojikiston yangi yuqtiriş holatlari sonini sezilarli darajada kamaytirişga muvaffaq bölgan, Armaniston, Qirğiziston va Çernogoriyada esa bu körsatkiç sezilarli darajada oşgan.
Rossiya ham dasturning uşbu mintaqasiga kiradi, biroq taşkilot Rossiya böyiça alohida mamlakat baholarini elon qilmaydi. Şunga qaramay, Rossiyada elon qilingan oçiq malumotlar mamlakatda OIV epidemiyasi kölami ança keng ekanligidan dalolat beradi.
Şu bilan birga, 2025 yilda mintaqada OIVga qarşi dasturlarni xalqaro moliyalaştiriş 264 million dollardan 196 million dollargaça – bir yil içida 26 foizga qisqargan. Umuman dunyo böyiça qisqariş 18 foizni taşkil etgan. Milliy xarajatlar 365 million dollardan 389 million dollargaça oşgan, biroq yöqotiş örnini qoplay olmagan.
Hatto davlat davolaş va testdan ötkaziş xarajatlarini tölaşga tayyor bölgan joylarda ham asosiy guruhlar örtasidagi profilaktika va jamoat taşkilotlari xizmatlari hamon taşqi moliyalaştiriş hisobiga saqlanib qolmoqda.
Mintaqada antiretrovirus preparatlar narxlari bir neça barobar farq qiladi: bir kişi uçun yillik davolaş kursi Qozoğistonga 382 dollargaça, Armanistonga esa 46 dollarga tuşadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida OIV infektsiyasining 307 ta yangi holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.