USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

OIV balosi: Fiji virus tarqalişini milliy inqiroz deb elon qildi

64 марта
ОИВ балоси: Фижи вирус тарқалишини миллий инқироз деб эълон қилди

Fiji hukumati mamlakatda OIV bilan kasallaniş holatlari keskin köpaygani ortidan vaziyatni milliy inqiroz deb elon qildi. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yangi taşxislar soni ötgan yili 27 foizga oşgan. Hukumatning malum qilişiça, 2025 yilda 2016 nafar kişida OIV aniqlangan va mamlakatda har 60 nafar katta yoşli kişidan biri virus bilan yaşamoqda.

Şuningdek, ötgan yili OIV bilan tuğilgan 59 nafar çaqaloqning 18 nafari birinçi tuğilgan kuniga yetmay vafot etgan.

Mahalliy hokimiyat kengaytirilgan test jarayonlari infektsiya holatlarini aniqlaşga va davolaşni ertaroq boşlaşga yordam berganini bildirdi. Fiji endi bepul, ixtiyoriy va maxfiy testlar, profilaktika dorilari, şuningdek, giyohvand moddalarni inektsiya orqali istemol qiluvçilar uçun zararni kamaytiriş xizmatlari va davolaş imkoniyatlarini kengaytirmoqçi.

Taxminan 900 ming aholiga ega Fijida yangi OIV infektsiyalari dunyodagi eng tez suratlarda köpaymoqda. BMTning OIV/OITS böyiça dasturi — UNAIDS malumotlariga köra, 2025 yilda mamlakatda taxminan 9100 kişi OIV bilan yaşagan, ularning faqat 39 foizi öz maqomini bilgan, 22 foizi esa antiretrovirus terapiyasi olgan.

UNAIDS ijroçi direktori Vinni Byanima Fiji vaziyatning dolzarbligini anglab, unga qarşi çoralarni kuçaytirayotganini bildirdi. U bu holat OITS muammosi hali ham dolzarb ekanini dunyoga eslatişini takidladi.

UNAIDS malumotlariga köra, yuqiş yöli malum bölgan holatlarning yarmidan köpi jinsiy yöl orqali yuqiş bilan boğliq. 42 foizdan ortiq holat esa giyohvand moddalarni inektsiya orqali istemol qiliş bilan boğliq bölgan.

Agentlik hukumatning igna va şpritslar almaşinuvi dasturini joriy etiş hamda OIV yuqiş xavfini kamaytiruvçi PrEP profilaktik dorisiga kiriş imkoniyatini kengaytiriş rejalarini olqişladi.

Fiji hukumati çoralarni amalga oşirişdagi tösiqlarni bartaraf etiş uçun beş nafar vazirdan iborat maxsus qömita tuzdi. Hukumat OIV bilan yaşayotgan odamlarni kamsitiş qonunga zid ekanini va tegişli xizmatlar mamlakat böylab mavjudligini bildirgan.

Malumot örnida, Fijida har 60 nafar katta yoşli kişidan biri OIV bilan yaşayotgani haqidagi körsatkiç Afrikaning ayrim hududlaridagi darajadan past. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti malumotlariga köra, Afrikaning ayrim qismlarida har 35 nafar katta yoşli kişidan qariyb biri OIV bilan yaşaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: