Ebola balosi: Virus bilan kasallanganlar soni 4 000 dan oşdi
Kongo Demokratik Respublikasidagi Ebola virusi tarqalişi davom etayotgan epidemiya davrida tasdiqlangan kasallanişlar soni ilk bor 4 000 dan oşdi. Bu haqda mamlakat hukumati malumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Mamlakatdagi jamoat salomatligi institutining sönggi hisobotiga köra, hozirgaça 4 053 nafar kişida Ebola virusi tasdiqlangan. Ularning 1 850 nafari vafot etgan.
Mutaxassislar infektsiya rasman 15 may kuni elon qilinganidan bir neça oy oldin ham tarqala boşlagan bölişi mumkinligini, şuning uçun haqiqiy kasallanganlar soni rasmiy körsatkiçlardan ança yuqori bölişi ehtimolini bildirmoqda. Kasallik mamlakatning Ituri, Şimoliy Kivu, Janubiy Kivu, O-Uele va Çopo viloyatlarida qayd etilgan.
“Science” jurnalida ötgan oy elon qilingan tadqiqotda epidemiya joriy yilning yanvar oyida, ehtimol undan ham oldin Ituri viloyatida boşlangani qayd etilgan. Tadqiqotçilar yanvar örtalaridan 15 mayga qadar 500 dan ortiq gumonli holatni aniqlagan.
Mutaxassaslarning takidlaşiça, kasallikning keç aniqlanişi, epidemiologik nazorat tizimining ortiqça yuklama ostida qolişi, harbiy mojarolar hamda mazkur virus turiga qarşi vaktsina va davolaş vositalarining yetişmasligi epidemiyani jilovlaşni qiyinlaştirgan.
Malumot uçun, hozirgi epidemiya dunyoda qayd etilgan ikkinçi eng yirik Ebola tarqalişi hisoblanadi. Bundan kattaroq epidemiya 2014–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada kuzatilgan bölib, Gvineya, Liberiya va Serra-Leoneda 28 mingdan ortiq kasallaniş holati qayd etilgan.