Eboladan ölganlar soni 600 dan ortdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi yangi hududga tarqalayotgani qayd etildi. Mamlakatning yangi provintsiyasida Ebolaga gumon qilingan holatlar aniqlanib, qurbonlar soni 600 nafarga yetdi. Bu haqda hukumatning keça, 8 iyul kuni keçasi elon qilingan sönggi epidemiologik hisobotida aytildi.
Malum qilinişiça, 15 may kuni rasman elon qilingan epidemiya şu paytga qadar mamlakatning şarqiy qismidagi Ituri, Şimoliy Kivu va Janubiy Kivu provintsiyalarida 1 759 kişiga yuqqan. Biroq hisobotda qayd etilişiça, mazkur raqamlarga Kongoning yirik şaharlaridan biri bölgan Tşopo provintsiyasi markazi Kisanganida aniqlangan ikki holat kiritilmagan.
Uşbu ikki holatdan biri Ebolaning dastlabki öçoği hisoblangan Ituri provintsiyasidagi Nianiya tibbiy hududi bilan boğliq. Ikkinçi holat esa Kisanganidan taşqari heç qanday geografik boğliqlikka ega emasligi aytilmoqda.
Hisobotga köra, uşbu ijobiy tahlil natijalari hozirda tasdiqlovçi laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilmoqda. Tasdiqlanganidan keyin ular rasmiy kasallanişlar statistikasiga qöşiladi.
Şu bilan birga, Kisanganida kasallik tarqalişining oldini oliş maqsadida kuzatuv işlari, muloqotda bölgan şaxslarni aniqlaş va boşqa çeklov çoralari kuçaytirilgan.
8 iyul kuni keçasi elon qilingan hisobotda sönggi 24 soat içida 51 ta yangi kasallaniş holati va 20 ta ölim qayd etilgani malum qilingan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti esa bu hafta epidemiya hali barqarorlaşmaganini va aholining köçib yurişi virus tarqalişini kuçaytirayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola bezgagi tufayli tasdiqlangan ölim holatlari soni bir sutkada 14 taga köpayib, 506 nafarga yetgan edi.