Ebolani yuqtirganlar soni keskin ortdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan tasdiqlangan kasallaniş holatlari 7 022 taga yetdi. Virus mamlakatning yettinçi viloyati – Janubiy Ubangiga ham tarqaldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Hukumat malumotlariga köra, epidemiya oqibatida vafot etganlar soni 3 398 nafarga yetgan. Kasallaniş holatlari mamlakatning 7 ta viloyatida qayd etilgan.
Uşbu epidemiyaga Ebolaning Bundibugyo turi sabab bölmoqda. U Kongo tarixidagi 2018–2020 yillardagi epidemiyadan oşib, mamlakatdagi eng yirik va eng köp ölimga olib kelgan Ebola epidemiyasiga aylangan.
Hozirgi epidemiya kölami böyiça 2014–2016 yillarda Gvineya, Liberiya va Serra-Leoneda kuzatilgan Ğarbiy Afrikadagi Ebola epidemiyasidan keyin ikkinçi örinda turibdi. Öşa epidemiyada 28 600 dan ortiq kişi kasallangan, 11 mingdan ziyod odam vafot etgandi.
Janubiy Ubangi viloyatidagi birinçi holat epidemiyaning asosiy öçoğidan ança uzoq hududda aniqlangan. Malum bölişiça, 23 yoşli erkak 8 sentyabr kuni vafot etgan va unda Bundibugyo turidagi Ebola virusi aniqlangan.
Rasmiylarning malum qilişiça, u joriy yilning 10 iyul kuni Kongoning şarqidagi Janubiy Kivu viloyatidan çiqib ketgan, xorijda bölgan va keyin Kongoga qaytib, Janubiy Ubangiga kelgan. Mazkur viloyat Kongo Respublikasi va Markaziy Afrika Respublikasi bilan çegaradoş hisoblanadi.
Jamoat salomatligi milliy instituti birinçi tasdiqlangan holat bilan aloqada bölgan şaxslarni aniqlaş va ularni kuzatiş işlari olib borilayotganini bildirgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti esa epidemiya geografik jihatdan kengayib borayotgan bir paytda malakali xodimlar, hamkor taşkilotlar va mablağ yetişmasligi Ebolaga qarşi kuraş işlarini sekinlaştirayotganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq virus bilan kasallanganlar 5021 nafarga yetgani xabar qilingandi.