Ebola balosi: Kongoda qurbonlar soni tarixiy rekordni yangiladi
Kongo Demokratik Respublikasida tarqalgan Ebola epidemiyasi mamlakat tarixidagi eng halokatli epidemiya sifatida qayd etildi. Kasallik oqibatida kamida 2 325 kişi halok böldi. Bu haqda “The Guardian“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç 2018-2020 yillarda KDRda kuzatilgan Ebola epidemiyasi qurbonlari sonidan ham oşib ketgan. Mamlakat Jamoat salomatligi instituti malumotiga köra, tasdiqlangan kasallaniş holatlari soni 4 945 nafarga yetgan. Sönggi bir sutka içida yana 101 ta yangi holat aniqlangan.
Hozirga qadar mamlakatning 26 viloyatidan oltitasida kasallik qayd etilgan. Holatlarning asosiy qismi şimoli-şarqdagi Ituri viloyatiga töğri keladi. Epidemiya ilk bor aynan şu hududda aniqlangan bölib, 3 400 dan ortiq holat qayd etilgan.
Mutaxassislar uşbu epidemiya Ebola virusi tarixidagi eng tez tarqalayotgan öçoqlardan biri ekanini takidlamoqda. Vaziyatni murakkablaştirayotgan omillardan biri esa kasallikning Bundibugio ştammi bilan boğliqligi hisoblanadi. Hozirça uşbu virus turiga qarşi tasdiqlangan vaktsina yoki davolaş usuli mavjud emas.
“Çegarasiz şifokorlar” taşkiloti mutaxassisi Tomas Parişning aytişiça, köplab bemorlar kasallikning keç bosqiçida aniqlanmoqda. Ayrim hollarda esa bemorlar faqat vafot etganidan keyin röyxatga olinmoqda.
Malumot uçun, Ebola virusi odamlarga yovvoyi hayvonlardan yuqib, keyinçalik kasallangan şaxslarning qoni va boşqa biologik suyuqliklari orqali tarqaladi. Kasallik isitma, holsizlik, muşak oğriği, boş oğriği, qusiş va diareya kabi alomatlar bilan namoyon böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusidan vafot etganlar soni 2 mingdan oşgani haqida xabar berilgan edi. Öşa vaqtda mamlakatda qayd etilgan tasdiqlangan holatlar soni esa 4 mingdan köpaygandi.