Kongoda Ebola qurbonlari soni 2 mingdan oşdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusidan vafot etganlar soni 2 mingdan oşdi. Mamlakatda qayd etilgan tasdiqlangan holatlar soni esa 4 mingdan köpaygan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kongo soğliqni saqlaş instituti malumotlariga köra, mamlakatning beş provintsiyasida Ebola bilan boğliq 4 381 ta tasdiqlangan holat aniqlangan. Virus oqibatida vafot etganlar soni esa 2 011 nafarga yetgan.
Malumotlarga köra, bu Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan 17-Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Hozirgi epidemiya “Bundibugyo” ştammi sabab yuzaga kelgan bölib, unga qarşi tasdiqlangan vaktsina yoki davolaş vositasi mavjud emas.
Mutaxassislar virusning avvalgi epidemiyalarga qaraganda tezroq tarqalayotganini takidlamoqda. Bunga kasallikni keç aniqlaş, qurolli mojarolar va tibbiy xizmatlarning yetişmovçiligi sabab bölayotgani aytilgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mazkur epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega jamoat salomatligi favqulodda holati deb elon qilgan. Epidemiya qöşni Uganda hududida ham holatlar qayd etilişiga sabab bölgan.
Naşrning yozişiça, Kongo hududidagi joriy Ebola epidemiyasida qurbonlar soni uç oydan kamroq vaqt içida 2 ming nafarga yetgan. Taqqoslaş uçun, 2018-2020 yillardagi epidemiyada 2 mingta ölim qayd etilişiga bir yildan köproq vaqt ketgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasidagi Ebola virusi tarqalişi davom etayotgan epidemiya davrida tasdiqlangan kasallanişlar soni ilk bor 4 000 dan oşgani haqida xabar berilgan edi.