USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kongoda Ebola qurbonlari soni qariyb 800 nafarga yetdi

60 марта
Конгода Эбола қурбонлари сони қарийб 800 нафарга етди

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalişi oqibatida vafot etganlar soni 796 nafarga yetdi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adanom Gebreyesus malum qildi.

JSST rahbarining sözlariga köra, mazkur epidemiya mamlakat tarixidagi uçinçi yirik Ebola tarqalişi bölib, sönggi bir oy içida avvalgi epidemiyalarga qaraganda tezroq kengaygan. Eng xavotirli vaziyat Kongo Demokratik Respublikasining Ituri provintsiyasida kuzatilmoqda.

Malum qilinişiça, yangi aniqlanayotgan holatlarning 80 foizdan ortiği avval röyxatga olingan bemorlar bilan aloqada bölganlar orasidan emas, balki nomalum infektsiya zanjirlari orqali aniqlanmoqda.

Malumotlarga köra, virus sababli vafot etganlarning uçdan ikki qismi tibbiy yordamga murojaat qilmagan odamlar orasida qayd etilgan. Taşkilot Kongo hukumati, Afrika kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi hamda boşqa hamkorlar bilan birgalikda epidemiyaga qarşi kuraş çoralarini kuçaytirmoqda.

Hozirda davolaş markazlari quvvati 800 örindan oşirilgan, laboratoriyalar soni esa bittadan 16 tagaça köpaytirilgan. Şuningdek, 21 mingdan ortiq tibbiyot va jamoat xodimlari tayyorlanayotgani, bemorlar bilan aloqada bölgan şaxslarni kuzatiş işlari esa qariyb 80 foizga yetgani qayd etilgan.

JSST rahbari xalqaro hamjamiyatni epidemiyaga qarşi kuraş uçun zarur mablağ ajratişga çaqirgan. Uning aytişiça, taşkilot va Afrika kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlarining qöşma rejasi uçun 400 million dollardan ortiq mablağ yetişmayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq JSST Kongo Demokratik Respublikasidagi haqiqiy kasallaniş holatlari rasmiy malumotlardan bir neça baravar köp bölişi mumkinligini bildirgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: