Ebola bilan kasallanganlar rasmiy raqamlardan 4 baravar köp bölişi mumkin – JSST
Ebola epidemiyasi yaşirin kölamda tarqalayotgan bölişi mumkin. JSST Kongo Demokratik Respublikasidagi haqiqiy kasallaniş holatlari rasmiy malumotlardan bir neça baravar köp ekanini bildirdi. Bu haqda “DW” xabar berdi.
JSST malumotlariga köra, hozirga qadar Kongo Demokratik Respublikasi va qöşni Ugandada Ebola virusini yuqtiriş bilan boğliq qariyb 2 mingta holat qayd etilgan, 700 dan ortiq inson vafot etgan. Biroq JSST vakillari amaldagi raqamlar haqiqiy körsatkiçlarning faqat bir qismi ekanini takidladi.
JSSTning favqulodda vaziyatlar böyiça direktori Çikve Ixekveazu Jenevada ötkazilgan brifingda epidemiya kölami rasmiy qayd etilgan holatlardan ikki-tört baravar köp bölişi mumkinligini aytdi. Uning sözlariga köra, köplab kasallaniş holatlari aniqlanmay qolmoqda.
Malum qilinişiça, epidemiya asosan Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy qismidagi Ituri, Şimoliy Kivu va Janubiy Kivu hududlarida tarqalmoqda. Ugandada esa Ebola bilan boğliq 20 ta holat tasdiqlangan.
Ixekveazu JSST epidemiyaga qarşi kuraş uçun zarur mablağlar yetişmayotganini ham qayd etdi.
Taşkilot dastlabki olti oy uçun 115 million dollar mablağ talab qilgan, biroq hozirça uşbu summaning yarmidan kam qismi yiğilgan.
“Bu kabi epidemiya bilan kuraşiş uçun vaziyat kölamiga mos mablağ va resurslar zarur. Bunday oğir vaziyat yukini faqat Kongo Demokratik Respublikasining öziga taşlab qöyiş mumkin emas”, deya takidladi Ixekveazu.
Taşkilot malum qilişiça, eng xavotirli holatlardan biri köplab bemorlarning tibbiy yordamga murojaat qilmasdan, yaşaş joylarida vafot etayotganidir. Şu bilan birga, şifoxonaga öz vaqtida yetkazilgan bemorlarning omon qoliş imkoniyati yuqoriroq ekani qayd etilgan.
JSST Ebola bilan boğliq notöğri qaraşlarga qarşi ham kuraş olib bormoqda. Tibbiyot muassasalarida bemorlar izolyatsiya qilinadi, ularga suvsizlanişni kamaytiriş uçun tomir orqali suyuqlik yuboriladi hamda nafas oliş faoliyatini qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.
Epidemiya sabab ayrim davlatlar xavfsizlik çoralarini kuçaytirmoqda. Xususan, AQŞ Kongo Demokratik Respublikasi, Uganda yoki Janubiy Sudanga borgan ayrim şaxslar uçun mamlakatga kiriş va qaytiş tartiblarini çeklagan.
JSST Ebola virusining tarqalişini nazorat ostiga oliş uçun xalqaro hamjamiyat yordami zarurligini takidlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi yangi hududlarga tarqalayotgani qayd etilib, qurbonlar soni 600 nafardan oşgani haqida xabar berilgan edi.