Ebola balosi: Kongoda kasallanganlar soni 5 mingdan oşdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi tobora kuçaymoqda. Mamlakatda virus bilan kasallanganlar 5021 nafarga yetdi. Virus oqibatida 2378 kişi vafot etdi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakatdagi Ebola epidemiyasi joriy yilning iyul oyi oxirida qayd etilgan holatlar soni böyiça Kongo tarixidagi eng yirik epidemiyaga aylangan. Hozirgi epidemiya dunyo miqyosida ham 2014-2016 yillarda Ğarbiy Afrikada yuz bergan epidemiyadan keyingi eng yirik Ebola epidemiyasi hisoblanmoqda.
Vaziyatni murakkablaştirayotgan omillardan biri esa kasallikning Bundibugio ştammi bilan boğliqligi hisoblanadi. Hozirça uşbu virus turiga qarşi tasdiqlangan vaksina yoki davolaş usuli mavjud emas.
Epidemiyaga qarşi kuraşda esa soğliqni saqlaş tizimidagi muammolar, aholining qarşiligi, mamlakatdagi beqaror vaziyat va tibbiyot xodimlarining noroziliklari qiyinçilik tuğdirmoqda. Bu omillar kasallanganlarni aniqlaş va epidemiyaga tezkor javob beriş imkoniyatlarini çeklamoqda.
Malumot uçun, Ebola virusi odamlarga yovvoyi hayvonlardan yuqib, keyinçalik kasallangan şaxslarning qoni va boşqa biologik suyuqliklari orqali tarqaladi. Kasallik isitma, holsizlik, muşak oğriği, boş oğriği, qusiş va diareya kabi alomatlar bilan namoyon böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida tarqalgan Ebola epidemiyasi oqibatida kamida 2 325 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat Jamoat salomatligi instituti malumotiga köra, tasdiqlangan kasallaniş holatlari soni 4 945 nafarga yetgan.