Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼ USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Turonbank” boşqaruv raisi qölga olingani aytilmoqda

0 марта
“Туронбанк” бошқарув раиси қўлга олингани айтилмоқда

Ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida “Turonbank” AJ boşqaruvi raisi Çori Sadibaqosoviç Mirzayevga nisbatan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan tergov olib borilayotgani va qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Boş prokuratura bu haqda hali rasmiy malumot elon qilmadi, biroq uşbu xabarlar fonida “Turonbank” matbuot xizmati bayonot bilan çiqdi.

Bayonotda Çori Mirzayevning qölga olingani tasdiqlanmagan, biroq rad ham etilmagan.

“Sönggi kunlarda bank boşqaruvi raisi bilan boğliq tarqalayotgan xabarlar jamoatçilikda muayyan savollar tuğdirişini mumkinligini tuşunamiz. Şu munosabat bilan malum qilamizki, bank öz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirmoqda. Bank xizmatlari markazlari, ofislar va raqamli platformalar orqali mijozlarga xizmat körsatiş davom etmoqda. Bankning omonatçilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari öz kuçida qoladi”, deyiladi bank elon qilgan bayonotda.

Şuningdek, qayd etilişiça, “Turonbank” faoliyati korporativ boşqaruv, içki nazorat va amaldagi qonunçilik talablari asosida taşkil etilgan. Bank jamoasi öz zimmasidagi vazifalarni masuliyat bilan bajariş, xizmatlar sifatini yanada oşiriş va mijozlar manfaatlarini taminlaş yölidagi faoliyatini davom ettiradi.

“Biz uçun mijozlarimiz işonçi katta masuliyatdir. Sizlarning fikr-mulohazalaringiz, savol va takliflaringiz biz uçun muhim. Şu bois, sizlar bilan oçiq muloqotni davom ettiramiz va kelib tuşayotgan murojaatlarni etibor bilan körib boramiz”, deyiladi bayonotda.

Malumot uçun, Çori Mirzayev 1971 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tuğilgan. 1995 yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritadi. 2021 yilda “Sodiq xizmatlari uçun” medalini olgan. U 2016 yilning sentyabr oyidan buyon “Turonbank” boşqaruv raisi lavozimida işlab kelayotgan edi. Çori Mirzayev hozirda Toşkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimida işlayotgan, sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning yaqin qarindoşi hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: