Toşkentda ayolga pul evaziga intim xizmat körsatmoqçi bölgan erkak qamaldi
Toşkent şahrida 28 yoşli erkak pul evaziga jinsiy xizmat körsatişga uringani uçun qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatda keltirilişiça, 1998 yilda tuğilgan M.Z. joriy yilning 23 noyabr kuni Telegram messenjerida 800 ming söm evaziga bir ayol bilan jinsiy aloqa qilişga kelişgan. Biroq u Çilonzor tumanidagi xonadonda IIO xodimlari tomonidan uşlangan. Erkak uning şaxsini aniqlaş uçun IIBga taklif qilingan, biroq xodimlarning qonuniy talablariga böysunmagan va ularga nisbatan faol qarşilik körsatgan.
Mazkur iş joriy yilning 23 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqilgan. Sud majlisida M.Z. aybiga iqror bölgan va sodir etgan qilmişidan puşaymonligini bildirgan. Şuningdek, u bu işni boşqa takrorlamasligini aytib, suddan yengillik söragan.
Erkak sud qarori bilan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 190-moddasi (fohişalik bilan şuğullaniş) 1-qismi va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga uzil-kesil 5 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yaşovçi 1990 va 1993 yillarda tuğilgan ayollar 2 nafar qizni Turkiyaning Antaliya şahriga fohişalik bilan şuğullaniş uçun yuborişni rejalaştirgani aniqlangandi.