Jamoat joyida yarim yalanğoç yurgan erkak qamaldi
2-04-2026, 20:02
979 марта

Jamoat joyida yarim yalanğoç yurgan erkak qamaldi
Keça, 1 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda nomalum fuqaro Toşkent şahar Çilonzor tumanida jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzib, yarim yalanğoç yurgani aks etgan video tarqaldi va turli muhokamalarga sabab böldi. Uşbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi.Hujjatda keltirilişiça, joriy yilning 22 mart kuni 1998 yilda tuğilgan Ş.O. Toşkent şahar Çilonzor tumanida joylaşgan “Magic City” köngiloçar maskanida yarim yalanğoç holda videolavha olib, ommani öziga jalb etgan. Şuningdek, u fuqarolar orasida har xil harakatlar qilib, jamoat tartibini buzgan va mayda bezorilik sodir etgan. Bundan taşqari, Ş.O. IIO xodimlaring qonuniy talablarini bajarmasdan huquqbuzarlikni davom ettirgan.
Keça, 1 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sud majlisida Ş.O. aybiga iqror bölib, qilgan işlarida mamuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud emasligini, bunday oğir oqibatlarga olib kelişini bilmaganini, qilmişidan puşaymonda ekanligini aytgan va öziga nisbatan yengillik berişni söragan.
Ş.O. Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan mamuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.