Avtobusda 12 yoşli bolaga tegajoğlik qilgan erkak 6 yilga qamaldi
20-02-2026, 23:29
665 марта

Avtobusda 12 yoşli bolaga tegajoğlik qilgan erkak 6 yilga qamaldi
2025 yilning 4 fevral kuni Toşkent şahridagi yölovçi taşuvçi avtobusda voyaga yetmagan bolaga tegajoğlik qilgan erkak 6 yilga qamaldi.
2025 yilning 20 iyun kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida bölib ötgan majlisida 37 yoşli uşbu jirkanç unsurga sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 129-modda 3-qismiga köra 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan.
Sudlanuvçi sud majlisida aybiga iqror bölgan. Sudda bergan körsatmasida u 2025 yil 4 fevral kuni Zangiota tumanida joylaşgan tsellofan işlab çiqariş sexida işlab, iş haqi sifatida 442 ming söm miqdoridagi pullarni olib çiqqanini, söng Zangiota tumani hududida joylaşgan “Vino-vodka”dan spirtli içimlik sotib olib, istemol qilganini aytgan. Şundan söng, erkak Damas rusumli avtomaşinaga ötirib, Toşkent şahar Çilonzor tuman hududida joylaşgan “Çilonzor buyum bozori”ga borgan va şu vaqtda u juda köp miqdorda spirtli içimlik istemol qilgani sababli keyin nima bölganligini eslay olmagan. Bundan taşqari sudda erkak keyin közini oçib qarasa Olmazor tumani Qoraqamiş dahasidagi oqib ötuvçi anhor yonida ekanini bilganini, söng uni IIO xodimlari tegişli tartibda uşlab, mamuriy huquqbuzarlik sodir etgani sababli sud tomonidan unga nisbatan 3 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlanganliginini bildirgan.
Keyinçalik bilsa u 2025 yil 4 fevral kuni soat 20:00 larda Çilonzor tumani, 20-mavze hududida harakatlanayotgan 98-sonli avtobusda öziga avvaldan notaniş bölgan bolaga spirtli içimlik istemol qilgan holda uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgan. Şuningdek, u özini ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda voyaga yetmagan bola yoniga uni ketişiga yöl qöymayotgan video tasvirlarini körganini aytgan va suddan yengilroq jazo tayinlaşni söragan.
Sud hukmi bilan erkakka nisbatan tayinlangan 6 yillik qamoq jazosi umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangan.