USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Fohişaxona taşkil etgan 29 yoşli “Bonu” qamaldi

81 марта

Fohişaxona taşkil etgan 29 yoşli “Bonu” qamaldi

Samarqand şahrida fohişaxona taşkil qiliş va qöşmaçilik bilan şuğullangan “Bonu” laqabli ayolga nisbatan sud hukmi öqildi. U 20 yoşli qizni 1 soatga 800 ming sömga “pullagan” vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Hujjatda keltirilişiça, joriy yilning 28 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida 1996 yilda tuğilgan ayolga nisbatan jinoyat işi körib çiqilgan. Sudlanuvçi Samarqand şahri “Afrosiyob” mahallasida joylaşgan xonadonda pul evaziga jinsiy xizmat körsatiş uçun şaroit yaratib kelgan. 2025 yil 4 sentyabr kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida u 2006 yilda tuğilgan qizni erkak mijozga bir soatga jinsiy aloqa qiliş uçun taklif qilgan va bu xizmat uçun 800 ming söm olgan vaqtida qölga olingan.
Malum bölişiça, “Bonu” 2024 yil noyabr oyida ham xuddi şu jinoyat – fohişaxona taşkil qilgani uçun sudlangan va unga şartli ravişda ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Biroq u sinov muddati davomida ham jinoiy faoliyatini töxtatmagan.
Sud majlisida ayblanuvçi aybini qisman tan olgan. U barça harakatlarni tanişi tomonidan tahdid va bosim ostida amalga oşirganini aytgan. Ammo sud bu vajlarni tasdiqlanmagan va javobgarlikdan qoçişga qaratilgan bayonot deb baholagan.

Jabrlanuvçi va guvoh sifatida söroq qilingan 20 yoşli qizning körsatuvlariga köra, “Bonu” mijozlarni özi topib, kelişuvni özi amalga oşirgan, pullarni taqsimlaş va joy masalasini ham nazorat qilgan. U qizga xizmatlari uçun har oy 10 millon sömdan berib turişga özaro kelişgan.

U Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş) 4-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga asosan Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining 2024 yil 21 noyabrdagi hukmi böyiça ötalmay qolgan jazosi tayinlangan jazoga qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazo umumiy tartibli koloniyada ötalişi belgilangan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: