Poyezdda qöşmaçilik qilgan vagon xizmatçisi jazolandi
20-06-2025, 15:21
213 марта

Poyezdda qöşmaçilik qilgan vagon xizmatçisi jazolandi
“Olot-Toşkent” yönalişidagi yölovçi poyezdda vagon xizmatçisining qöşmaçilik qilgani aniqlandi. Unga qilmişi uçun 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.
Hujjatga köra, “Öztemiryölyölovçi” AJda vagonlar xizmatçisi vazifasida işlab kelgan D.X. joriy yilning 21 fevral kuni 071 raqamli “Olot-Toşkent” yönalişida harakatlanuvçi yölovçi poyezdning 7-vagonida kuzatuvçi vazifasida bölgan. U qöşmaçilik qiliş maqsadida şu kuni soat 20:15 larda “Qoraköl” temiryöl vokzalidan poyezdning 11-vagoniga çipta bilan çiqiş uçun kelgan B.Ö. va G.Ö.ni 7-vagonning 2-kupesiga joylaştirib, moddiy manfaat köriş maqsadida B.Ö.dan tezkor tadbirda foydalanilgan 300 ming sömni olgan. Buning evaziga u B.Ö. va G.Ö.ga jinsiy aloqada bölişi uçun şaroit yaratib berib, qöşmaçilik qilgan.
Holat Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni taminlaş boşqarmasi jinoyat qidiruv guruhi xodimlari tomonidan aniqlanib, 300 ming söm pullar xolislar iştirokida aşyoviy dalil sifatida olingan.
Joriy yilning 15 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Qiziltepa tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda D.X. aybiga töliq iqror bölgan. Şu tariqa u Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 1 yil 6 oy muddatga “Özbekiston temir yöllari” AJ tizimidagi korxona va taşkilotlarda mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan. Şuningdek, unga oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.