Toşkentda 57 yoşli erkak yöl örtasida ayovsiz döpposlandi
11-03-2026, 06:10
245 марта

Toşkentda 57 yoşli erkak yöl örtasida ayovsiz döpposlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida bir fuqaro boşqa fuqaroni ayovsiz urayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab böldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi munosabat bildirdi.Qayd etilişiça, keça, 9 mart kuni taxminan soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani, Şota Rutaveli köçasida 1990 yilda tuğilgan K.I. özining tanişi 1969 yilda tuğilgan B.A. bilan özaro janjallaşib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvçi B.A. tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi K.I. protsessual tartibda uşlangan. Tergov davom etmoqda.