«Gazetçilikda yaponlardan oldindamiz...» – Özbekiston jurnalistikasi tarixi
28-06-2025, 15:40
102 марта

«Gazetçilikda yaponlardan oldindamiz...» – Özbekiston jurnalistikasi tarixi
Bundan qariyb bir yarim asr oldin, aniqroği 1870 yil 28 aprel (yangi taqvim böyiça 10 may) kuni Toşkentda «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining birinçi soni bosmadan çiqdi. Bu bilan nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi vaqtli matbuotiga tamal toşi qöyildi. Keyinçalik uşbu naşr özbek tilida «Turkiston viloyatining gazeti» nomi bilan ham çop etila boşladi.Tarixga nazar taşlasak, bu öşa davrdagi kişilik jamiyati taraqqiyotidagi tom manodagi olamşumul voqea böldi. Çunki ayrim hozirgi sanoati rivojlangan davlatlarda hali gazetaçilikdan asar ham yöq edi.
Misol uçun Yaponiyada ilk gazeta «Tokio Niçi Niçi Şimbun» (東京日日新聞) oradan ikki yil ötgandan keyingina – 1872 yilning 21 fevral kuni naşr etila boşlandi. Koreyada esa bizdan roppa-rosa ön uç yildan keyin, yani 1883 yilning 31 oktyabr kuni birinçi milliy gazeta «Xansonsunbo» (한성순보) dunyo yuzini kördi.
Aynan şu sababdan ham özbek milliy jurnalistikasi ötmişini örganiş, har tomonlama tadqiq qiliş, undan saboq oliş juda katta marifiy va manaviy ahamiyat kasb etadi. Ötgan turli bosqiçlar birin-ketin közdan keçiriladigan bölsa, ularni umumiy manoda quyidagiça guruhlaştiriş mumkin.
Dastlab matbuotimiz çor Rossiyasiga xizmat qildi. Keyingi davrda u öziga xos milliy va marifiy ruhiyat kasb etdi. Şörolar hukumat tepasiga kelgaç vaziyat salbiy tomonga özgardi. Ikkinçi jahon uruşi yillarida bevosita front hayotini yoritdi. Stalin davrida umuman tanazzulga uçradi. Keyingi sovetlar zamonida eng maşaqqatli davrni boşdan keçirdi.
U hozirgi mustaqillik yillarida esa butun jahon jurnalistikasining boy tajribalari hamda zamonaviy tendentsiyalarini özida sinab körmoqda. Qayd etiş joizki, matbuotimiz bugungi kunga kelib öziga xos, betakror qiyofaga ega bölişga harakat qilmoqda.
Tarixiy ildizlar
Aslida axborotni töplaş, tahlil qiliş va tarqatişga yönaltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo bölgan. Odamlarni ijtimoiy turmuşda sodir bölayotgan voqealardan xabardor qiliş, ularga axborot vositasida malum ğoyaviy-ruhiy tasir ötkaziş turli şakl va usullarda namoyon bölgan. Oğzaki axborot notiqlar, jarçilar tomonidan yetkazilgan.
Kişilik taraqqiyoti tarixida yozuvning ixtiro etilişi va natijada yozma adabiyotlarning paydo bölişi axborot almaşinuvida keskin buriliş yasadi. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» (1030 yil), Mahmud Qoşğariyning «Devonu luğati turk» (1077 yil), Kaykovusning «Qobusnoma» (1082-1083 yillar), Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» (1526-1529 yillar) kabi asarlarida ham jurnalistikaning ilk kurtaklarini kuzatiş mumkin. Çunki uşbu nodir asarlarda öziga xos publitsistik ruh mavjud bölib, ularda öşa zamon tarixi, odamlarning hayoti, madaniyati, kundalik turmuş tarzi atrofliça aks ettirilgan. Şu manoda özbek jurnalistikasining tarixiy ildizlarini ming yillarga borib taqaladi, desak mubolağa bölmaydi.

Hozirgi davr jurnalistikasi «dastlab XVII asr boşidagi ilk davriy bosma naşrlar qiyofasida yuzaga kelgan. XIX asrning ikkinçi yarmi va XX asrda fotografiya hamda kinematografiyaning kaşf qilinişi tufayli foto va kinojurnalistika taşkil topdi. XX asrning 20-yillaridan etiboran radiotexnika yutuqlari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boşladi, 40-yillarda esa telejurnalistika maydonga keldi», deb yozadi taniqli olim Boyböta Döstqorayev özining «Özbekiston jurnalistikasi tarixi» kitobida.
Sir emaski, XIX asr örtalari va XX asrninng dastlabki yillaridan boşlab aksariyat Şarq mamlakatlarida jurnalistikaning ommalaşişi va rivojlanişida Ğarb mamlakatlarining bevosita tasiri bölgan. Xususan, Hindiston matbuoti Buyuk Britaniya tasirida, Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari (OAV) Amerika Qöşma ştatlari tajribasi asosida şaklllangan.
Özbekiston jurnalistikasi esa Rossiya matbuoti ananalariga tayangan holda paydo böldi va taraqqiy etdi. Ammo ötgan bir yarim asrga yaqin vaqt içida özbek matbuoti bir xilda, bir tekisda rivojlanmadi.
Xususan, u dastlab çor Rossiyasining minbari sifatida yuzaga kelgan bölsa, keyingi davrda milliy va marifiy ruhiyat kasb etdi. Şörolarning kirib kelişi bilan vaziyat salbiy tomonga özgardi. Ikkinçi jahon uruşi yillarida bevosita front va front orti hayotini yoritdi. Stalin davrida tanazzulga uçradi, keyingi sovet davrida tom manodagi turğunlikni boşdan keçirdi.
U hozirgi mustaqillik yillarida butun dunyoda mavjud bölgan tarixiy tajribalar hamda zamonaviy tendentsiyalarni özida sinab körmoqda. Qayd etiş joizki, özbek matbuoti bugungi kunga kelib öziga xos, betakror qiyofaga ega böldi.
Masalaning örganilganlik darajasi
Çölpon, Abdulla Avloniy, T.Ernazarov, A.Akbarov, T.Pidayev, B.Döstqorayev kabi olimu-adiblarning maqola, risola hamda öquv qöllanmalarida özbek milliy jurnalistikasi tarixi atrofliça yoritib berilgan. Ularda qariyb 150 yillik tarix qamrab olingan. Eng muhim jihati şundaki, ötgan har bir davrga tegişli faktlar, raqamlar, voqealar öziga xos qiyosiy şarh va tavsiflar bilan birgalikda berilgan.
Bu boradagi ilk öquv qöllanma ötgan asrning 70-yillari oxirida yozilgan. Ustozimiz B.Döstqorayevning qayd etişiça, «jami uçta kitob körinişida vujudga kelgan uşbu qöllanma aslida şöro mafkurasi muhitida yozilgan bölsa-da, Özbekiston jurnalistikasini bir tizimga soliş, uni davrlaştiriş, yaxlit fan sifatida talqin qiliş, faktlarni ilmiy jihatdan tahlil etiş böyiça birinçi uriniş sifatida ahamiyatga egadir».
Professor Boyböta Döstqorayev tomonidan 2009 yilda naşr qilingan «Özbekiston jurnalistikasi tarixi» darsligini uşbu yönalişdagi eng mukammal, işonçli manbalardan biri sifatida etirof etiş mumkin. Mazkur kitobni yozişda muallif özigaça bu sohada maqola, monografiya, öquv qöllanmalari yaratgan olimlarning tajribalaridan foydalangan.
Ilk gazeta va jurnallar (1870-1905 yillar)
Özbekistonda jurnalistika XIX asrning 2-yarmida (1870 yillarda) paydo böldi. Turkistonda naşr etilgan ilk gazetalar – «Turkestanskiye vedemosti» va «Turkiston viloyatining gazeti» naşrlarining oldiga qöyilgan vazifalar örganilganda ularning öşa davr mustabidlik siyosatini ötkazişda katta rol öynaganini kuzatiş mumkin. Uşbu naşrlarning yoritgan mavzu doiralari asosan çor Rossiyaning ölkadagi manfaatlaridan iborat bölgan. Yani dehqonçilik işlari, paxta yetiştiriş, yangi yerlarni özlaştiriş, suğoriş masalalari, savdo-sotiq işlari, harbiylar hayoti va general-gubernatorning buyruq va farmoyişlari, şuningdek, mahalliy xalqni «marifatli» qiliş bilan boğliq kundalik voqealar aks ettirilgan.
«Turkiston viloyatining gazeti» (qisqartma – «TVG»)ga muharrirlik qilgan şaxslar orasida aka-uka Ibrohimovlar, M.Çanişev, N.Ostroumov nomlarini qayd etib ötiş joiz. Bu davrda ilk bor tsenzura amalga oşirilgan. Turkiston matbuotini Oktyabr töntarişigaça taminlagan axborot agentliklari: Markaziy telegraf agentligi (rus. TsTA) va Şimoliy telegraf agentligi (rus. STA).
XIX asr oxiriga kelib xususiy bosmaxonalar yuzaga keladi. Dastlab Toşkentda, söngra Samarqand, Qöqon, Namanganda bosmaxonalar iş boşlaydi. Xususiy gazeta va jurnallar paydo böladi: «Okraina», «Zakaspiyskoye obozreniye», «Russkiy Turkestan», «Asxabad» va boşqalar. «Srednyaya Aziya», «Sredneaziatskiy vestnik» va boşqa jurnallar. Ularning ğoyaviy yönalişlariga etibor qaratilsa, aynan şu davrdagi siyosiy muhitni tasavvur qiliş mumkin. Yoritgan mavzular esa rang-barang bölib, mazkur jurnallar rus tili hamda madaniyatini tarqatişga katta etibor qaratişgan.
Turkistonda milliy matbuotning yuzaga kelişi. Jadidlar matbuoti (1906-1917 yillar)
XX asrning birinçi va ikkinçi ön yilligida Özbekistonda asosiy etiborni milliy taraqqiyotni taminlaşga qodir marifatli insonlarni tarbiyalaşga yönaltirilgan xususiy, milliy gazeta hamda jurnallar yuzaga keladi. Bular – «Xurşid», «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oyina» va boşqalar.
Birinçi jadidlar naşri – «Taraqqiy» gazetasi Toşkent şahrida Ismoil Obidov muharrirligida, 1906 yil 27 iyundan etiboran çop etila boşlangan. Aynan şu sababdan ham hozirgi kunda Özbekistonda 27 iyun – «Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni» sifatida nişonlanadi. Albatta, bu davrga kelib Turkistonda öziga xos milliy matbuot paydo bölişining siyosiy-ijtimoiy omillari köp edi.
1905 yil 17 oktyabr manifesti. Unda Rossiya fuqarolariga vada qilingan söz, matbuot va jamiyatlar (yani firqalar) tuziş erkinligi. Bu erkinliklardan foydalaniş uçun bölgan soha vakillari ilk marotaba harakat qilişgan. Ayni paytda mustabid hukumatning mahalliy aholini aldaşga bölgan urinişlari ijtimoiy muhitni bir munça murakkablaştirgan.
Jadidşunos olim Begali Qosimov «Milliy uyğoniş: jasorat, marifat, fidoyilik» kitobida qayd etganidek, «jadidçilikning mohiyatini Millat va Vatanni anglaşdan ular manfaati uçun kuraşigaça bölgan qizğin va hayajonli jarayon taşkil qiladi».
Jadidlar (yani mahalliy marifatparvar kuçlar) milliy gazeta çiqariş uçun harakat qiladilar. Natijada «Taraqqiy» gazetasi paydo böladi. Dastlabki vaqtda ziyolilar mazkur gazetaga alohida qiziqiş bilan qaraydilar. Afsuski, ularning mazkur gazetadan kutgan narsalari yuzaga çiqmaydi va tez orada u çiqişdan töxtatiladi.
Ammo ana şu qisqa vaqt içida mazkur gazeta dadil turib, mahalliy xalqlar manfaatlarini himoya qilişga urinadi. Hukumatga bölgan munosabatini bildiradi. Gazeta sahifalarida erkinlik va ozodlik ğoyalari tuğiladi. Şu sababdan mustabid hukumat naşrni töxtatadi.
«Taraqqiy»ning muharriri Ismoil Obidiy qamoqqa olinadi. Şu singari «Xurşid», «Şuhrat», «Tujjor», «Osiyo» gazetalarining faoliyati ham uzoqqa bormaydi.
Bu davrda Buxoroda jadidlar matbuoti yuzaga keladi. «Buxoroi şarif» va «Turon» gazetalari naşr qilina boşlaydi. Toşkentda «Sadoi Turkiston», Qöqonda «Sadoi Farğona» gazetalari iş boşlaydi. Samarqandda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnali çop etiladi. Jadidlar matbuoti bilan birga, Turkistonda diniy ulamolar naşrlari ham paydo böladi («Al-Isloh» jurnali).
«1914 yil iyul oyida boşlangan birinçi jahon uruşiga tortilgan Rossiya imperiyasining bora-bora tinkasi qurib, iqtisodiy krizisga duçor böladi», deb yozgan edi B.Döstqorayev va bu holat, tabiiyki, matbuotda ham öz aksini topadi.
Muvaqqat hukumat davri. Turkiston (Özbekiston) jurnalistikasi
1917 yil Fevral töntarişidan keyin Turkistonda yuzaga kelgan siyosiy-ijtimoiy vaziyat milliy jurnalistikaga jiddiy tasir ötkazdi. Bu davrda «Şöroi islomiya» jamiyati yuzaga keldi. Vaqtli hukumatning Turkiston komiteti taşkil etildi. Hokimiyatni egallaş uçun zimdan içki kuraş boşlandi.
«Turkiston viloyatining gazeti» va «Turkestanskiye vedomosti» gazetalari öz faoliyatlarini töxtatdi. «Najot» va «Kengaş» gazetalari paydo böldi. «Turon» va «Şöroi islomiya» gazetalari qisqa muddatda faoliyat olib bordi. Turkistonda jadidlar va ulamolar firqalari tuzildi. «Hurriyat» gazetasi çiqa boşladi. Şuningdek, «Al-Izoh», «Kengaş» va «Yurt» jurnallari faoliyat yuritadigan böldi.
1917 yil Oktyabr töntarişigaça bölgan davrdagi yirik publitsistlar – Mahmudxöja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxöjayevlar ijodiga alohida töxtalib ötiş mumkin.
Takidlaş joizki, M.Behbudiy ilk publitsist sifatida şakllandi. Adib publitsistikasining mavzu doirasi keng bölib, u siyosiy publitsistika, maorif va madaniyatga bağişlangan publitsistik çiqişlarga mualliflik qildi. Şuningdek, M.Behbudiy publitsistikasida Turkistonning istiqboli mavzuiga alohida örin ajratiladi. Uning sayohatnomasi va uning muharrirlik faoliyati haqida ham batafsil malumotlar saqlanib qolgan.
Özbek jurnalistikasi tarixini örgangan yetakçi olim Boyböta Döstqorayevning qayd etişiça «M.Behbudiyning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ijodiy, publitsistik, taşkilotçilik faoliyati rang-barang va sermazmun bölib, u marifatparvarlik ğoyalarini taşviq etuvçidan istiqlolning nazariy va amaliy masalalarini hal etib berolgan lider darajasiga kötarilgan şaxsdir», deya etirof etadi professor B.Döstqorayev.
Munavvar qori ham özbek milliy jurnalistikasiga dadil kirib kelgan ijodkorlardan hisoblanadi. Uning jurnalistik taqdirida «Taraqqiy», «Xurşid», «Sadoi Turkiston», «Najot» gazetalarinnig ahamiyati kattadir. Munavvar qorining maktab va madrasalar islohiga bağişlangan publitsistikasi juda katta ahamiyatga molikdir. Publitsist ayrim holatlarda eskirgan, nojoyiz urf-odatlarni tanqid qiladi. Munavvar qori publitsistikasida siyosiy-ijtimoiy mavzu ham keng örin olgan.
Abdulla Avloniy publitsistikasida talim va tarbiya masalalari atrofliça yoritilgan. Publitsistning siyosiy-ijtimoiy voqealarga munosabat bildirgan asarlari talaygina, «Afğon sayohati» safarnomasi şular jumlasidandir. U «Şuhrat» va «Turon» gazetalariga muharrirlik qilgan.
Ubaydulla Asadullaxöjayev – yangi tipdagi muharrir hisoblangan. U asosan huquqiy savodxonlikni oşirişga möljallangan maqolalar yozgan.
Özbekistonda bolşeviklar matbuotining yuzaga kelişi. Uning Ikkinçi jahon uruşigaça bölgan davrdagi taraqqiyoti xususiyatlari (1917 noyabr -1941 yil iyun)
Aynan şu davrda Turkistonda hokimiyat tepasiga bolşeviklar keladi. Natijada dastlabki şöro gazeta va jurnallari paydo böladi. Orif Klibleyev özbek şöro matbuotini yuzaga keltirişda asosiy örinlardan birini egallaydi. Ölkada şu paytgaça faoliyat olib borayotgan, yani şöro matbuoti hisoblanmagan boşqa eski gazeta va jurnallarni yopiş töğrisida V.Lenin imzolagan dekret (1917 yil, 8 noyabr) amalga oşiriladi.
Özbek ziyolilarining erk va istiqlol uçun kuraşlari matbuotda zohiriy va botiniy körina boşlaydi. «El bayroği» gazetasi öz faoliyatini yölga qöyadi. Özbekiston SSR (Sovet sotsialistik respublikasi) taşkil topadi.
Şöro matbuotida sinfiylik va partiyaviylik printsiplari yuzaga keladi. Matbuotga partiyaviy rahbarlikning mohiyati oşadi. Şörolar hukumati matbuot yuzasidan alohida qonun hujjatlarini qabul qiladi. SSSRda sotsialistik jamiyat qurilişida matbuot zimmasiga alohida vazifalar yuklanadi.
Usmonxon Eşonxöjayev, Nazir Töraqulov, Mirmuhsin Şermuhamedov, Kabir Bakirov, Ibrohim Tohiriy, Zarif Başirov, Qamçinbek, Muhammad Hasanov, Botu, Elbek, Oltoy, Mannon Romiz va şu kabi publitsist va muharrirlar davrga mos ravişda faoliyat yuritadi. Qayd etiş kerak, şörolar matbuotida janrlar taraqqiy eta boşlaydi. Davr siyosiy muhitidan kelib çiqib, ilk marotaba xorijda özbek matbuoti paydo böladi («Yoş Turkiston», Parij, 1929–1939).
Abdulla Qodiriy, Çölpon, Fitrat publitsistikasi
Maşhur özbek adibi Abdulla Qodiriyning ilk publitsistikasi paydo böladi. Adib ijodi qöl urilgan mavzu yönalişlarining qamrovi kengligi bilan ajralib turadi. Hajviy publitsistikaga, şuningdek, oçerklarga katta etibor beriladi.
Bu davrda Çölpon ham publitsist sifatida şakllana boşlaydi. Uning ijodida erkinlik, istiqlol mavzulariga alohida örin beriladi. Çölpon şörolar hokimiyati örnatilgandan söng publitsistika yönalişida samarali ijod qiladi. Bulardan taşqari muharrirlik faoliyatini olib boradi.
Fitrat jurnalistikaga dadil kirib keladi U siyosiy publitsistikada öz örnini topadi. Fitrat, şuningdek, adabiy-tanqidiy sohada ham ijod qiladi, muharrirlik işlari bilan şuğullanadi.
Toşkent – TV vatani
Jahon jurnalistikasi tarixida Toşkent televideniye vatani sifatida etirof etiladi. Çunki dunyodagi ilk oq-qora tasvirli elektron televideniye tizimi loyihasi 1925 yilda aynan Toşkent şahrida faoliyat yuritgan olimlar B.Grabovskiy va I.Belyavskiylar tomonidan işlab çiqilgan. Şu yili mazkur kaşfiyot uçun patent ham olingan. 1928 yilda televizion tajriba qurilmasida harakatlanuvçi (oddiy) obektlar namoyiş etilgan.
Şörolar matbuotning Ikkinçi jahon uruşi va undan sönggi davrlari (1941 – 1991 yillar)
Ikkinçi jahon uruşining boşlanişi özbek milliy matbuotida öziga xos buriliş yasadi. Umuman, şörolar matbuotining uruş davri faoliyatiga qisqaça tavsif beradigan bölsak, bu vaqtda frontda özbek tilidagi qator naşrlar, xususan, «Duşmanga qarşi olğa», «Suvorovçi», «Vatan uçun», «Front xaqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Vatan şarafi uçun» gazetalarining ham tarqatilganini aytib ötiş örinlidir.
Uruşdan keyingi – mamlakat xalq xöjaligini tiklaş, «sotsializm qurilişi uzil-kesil va töla ğalaba qilişi»ni taminlaşda matbuotning vazifasi oşib boradi. Turğunlik yillarida şöro ommaviy axborot vositalari sistemasi takomillaşadi.
Sobiq şöro tuzumi davrida Özbekistonda davriy matbuot tarmoği respublika, viloyat va tuman miqyosida çiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gazetalari, şuningdek, yangi jurnallar hisobiga kengayadi. Ayni paytda radiojurnalistika va telejurnalistika ham tarkib topa boradi. Lekin bular mustabid tuzum közlagan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilişga mahkum edi.
Özbekistonda telekörsatuvlarni rasmiy ravişda efirga uzatiş 1956 yil 5 noyabrdan boşlangan. Xuddi şu paytda Toşkent televideniye studiyasi taşkil etilgan. «Qayta quriş» davrida (1980 yillar örtalaridan) esa OAV öta siyosiylaşib ketadi. Keyinçalik kommunistlar partiyasiga xizmat qiladigan şöro matbuoti barham topa boşlaydi.
Mustaqillik davri jurnalistikasi
Özbekiston davlat mustaqilligiga erişgaç, respublika jurnalistikasi yangi bosqiçga qadam qöydi. Jamiyatni demokratik tarzda yangilaş, huquqiy demokratik davlat barpo qilişga kömaklaşayotgan yangi tizim şakllana boşladi. Prezident Ş.Mirziyoyev takidlaganidek, «butun mamlakatimiz qatori Özbekiston ommaviy axborot vositalari ham mustaqillik yillarida katta rivojlaniş yölini bosib ötganini barçamiz yaxşi bilamiz va bunday yutuqlar bilan haqli ravişda faxrlanamiz».
Bu davr Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qölga kiritişi, Şöro matbuotining barham topib, yangi jamiyatga mos matbuot sistemasining yuzaga kelişi bilan xarakterlidir. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy aoslari takomillaştirildi. Xususan, 1997 yilda «Axborot oliş kafolatlari va erkinligi töğrisida», «Jurnalistik faoliyatni himoya qiliş töğrisida», «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi asosiy qonunlar qabul qilindi.
Matbuotda mustaqillikning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati kabi muhim mavzularga keng örin ajratildi. Milliy, tarixiy va diniy qadriyatlarning tiklanişida matbuotning örni bir neça bor oşdi.
1991 yilda Özbekistondagi ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 395 tani taşkil etgan bölsa, 2018 yilga kelib bu körsatkiç jami hisobda 1636 taga yetdi. Bosma naşrlar, tele va radiokanallar bilan bir qatorda, yangiça OAV turi sifatida röyxatdan ötgan 480 ta veb-cayt ham faoliyat olib bormoqda. Yaqin kelajakda ularning soni yanada ortib borişi kutilmoqda.