Böston hokimi fuqarolarni oyoğiga bahila kiydirib qabul qildi
Bugun, 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Böston tumani hokimligi binosida hokim Sanobar Nosirova tomonidan ötkazilgan yiğilişda fuqarolarga bahila kiydirilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Malum bölişiça, uşbu suratlar tuman hokimlining Telegram-kanalida elon qilingan, holat muhokamalarga sabab bölgaç, suratlar tahrirlangan va oyoqlar “kesib taşlangan”. Hokimlik holat yuzasidan munosabat bildirib, buni mamuriy binoda olib borilayotgan tamirlaş işlari bilan izohladi.
Hokimlik munosabatiga köra, ayni vaqtda tuman hokimligi mamuriy binosida joriy tamirlaş işlari olib borilmoqda. Mazkur jarayon tez kunlarda töliq yakunlanişi rejalaştirilgan.

“Tamirlaş işlari tufayli bino içida va majlislar zalida ozodalikni saqlaş, şuningdek, taşqaridan çang va quriliş qoldiqlari olib kirilişining oldini oliş maqsadida tadbir iştirokçilariga vaqtinçalik çora sifatida bahila taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, hozirda tamirlaş işlari yakuniy bosqiçda bölib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi taminlanadi.
Eslatib ötamiz, 2022 yilda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning fuqarolarni qabul qiliş vaqtida olingan surat keskin tanqidlarga sabab bölgandi. Öşanda hokim özi ayvonçaning töriga çiqib ötirgani holda, fuqarolarga poygakdan joy berilgan edi.