Ohangaronda fojia: Lacetti urib yuborgan piyoda halok böldi
Keça, 26 noyabr kuni Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi soat taxminan 21:00 larda Ohangaron tumanining Şodmalik mahallasidan ötgan A373 avtomobil yölining 35-kilometrida sodir bölgan. 1987 yilda tuğilgan haydovçi N.X. Lacetti rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan 1982 yilda tuğilgan piyodani urib yuborgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq ham Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Cobalt yöl çetidagi daraxtga urilişi oqibatida haydovçi va ikki nafar yölovçi halok bölgandi.